“mGovAward” tanlov g‘oliblari aniqlandi
11.11.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 11-noyabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “mGovAward” eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, “mGovAward” eng yaxshi davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlov jarayoni 2019 yil 26 sentabr kuni boshlandi. Unda ishtirok etish uchun jami 260ta arizalar taqdim etildi, ulardan 97tasi saralab olindi. Final bosqichida ishtirok etish uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va biznesni rivojlantirish sohalarida mobil ilovalarni ishlab chiqqan yettita jamoalar vakillari tanlab olindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, g‘olib masofaviy ta’lim uchun Roboteach ilovasini ishlab chiqqan jamoa bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Imam Bukhari mobil ilovasi yaratuvchilariga topshirildi, uchinchi o‘rin esa imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish uchun Sahiya ilovasini ishlab chiqqan dasturchilarga nasib etdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlarining yutuq miqdorlari mos ravishda 50 ming, 30 ming va 20 ming dollarni tashkil etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq