Xorazmda qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari AKT sohasida o‘z malakasini oshirmoqda
10.11.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalar belgilangan.

Shularni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirliklarining tizimida mehnat qilayotgan Xorazm viloyatidagi xodimlarga sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv kurslari joriy yilning 9 noyabr sanasidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilib, unda 200 nafarga yaqin qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi soha xodimlari malakalarini oshirmoqda.

O‘quv kurslari qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirliklarining tizimidagi tashkilotlarning faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda har bir tashkilot uchun ixtisoslashtirilgan mavzular asosida alohida yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘quv kurslarini yanada samarali va mazmunli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

O‘quv kurslarida tinglovchilarga qishloq va suv xo‘jaligi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish, xususan “aqlli qishloq xo‘jaligi” tizimi, “aqqli suv xo‘jaligi” tizimi, suv sarfini monitoring qilish, ekin maydonlarini masofadan kuzatish tizimini joriy etish kabi bir qator yangi yo‘nalishlarda ma’lumotlar berilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq