IT Park rezidenti “Go Pharm” dori-darmonlarni izlash va yetkazib beruvchi mobil ilovani ishlab chiqdi
09.11.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston aholisini eng talabgir dori-darmonlar bilan taʼminlashni asosiy maqsad qilib olgan “Go Pharm” IT Park rezidenti sizning qulayligingiz uchun mobil ilova yaratdilar.

“Go Pharm” mobil ilovasi iOS yoki Android smartfonlari uchun moʻljallangan dastur boʻlib, unda aholi ehtiyojidagi dori-darmonlarni eng yaxshi narxlarda topishingiz mumkin.

Dastur moderatorlari elektron jurnal orqali buyurtmalarni kuzatish va shu bilan eng koʻp talab qilinadigan dori-darmonlarni aniqlagan holda ularning doimiy mavjudligini taʼminlashlari mumkin. Kishilar doimiy ravishda barcha zarur dori-darmonlardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun “Go Pharm” kamomadni oldini olish maqsadida vositalarni muntazam ravishda toʻldirib boradi.

Shuni taʼkidlash joizki, kompaniya muntazam ravishda eng mashhur mahsulotlar narxini tushirib boradi. Maʼlum bir dori-darmonga boʻlgan talab oshganida, “Go Pharm” preparatni yana-da qulayroq qilish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Boshqacha qilib aytganda, dori uchun talab qanchalik koʻp boʻlsa, uning narxi shuncha past boʻladi.

Mobil ilovaning “aqlli qidiruvi” bir joydan turib dorilar roʻyxati va narxlar bilan tanishish imkonini beradi. Va eng muhimi, siz dorixonalar boʻylab sarson boʻlmasdan shifokor bergan roʻyxatdagi barcha dorilarni sotib olishingiz mumkin. “Go Pharm” uyingizga kerakli dori-darmonlarni yetkazib beradi. Zero, bekorga kompaniya shiorida “Doimo yaqin” deyilmagan! Kompaniyaning xizmati har doim yaqin va yoningizda, aniqrogʻi, smartfon yoki planshetingizda. Siz har doim “Go Pharm”da eng kerakli narsalarni sotib olib, yaqinlaringiz haqida gʻamxoʻrlik qilishingiz mumkin, chunki ular siz uchun hamma narsani yetkazib berishi mumkin.

Muhim eslatma: “Go Pharm” dori-darmonlarni tashishning barcha talablariga javob beradi. Kuryerlar virusli respirator infeksiyalarga qarshi himoya vositalariga ega!

Kompaniya veb sayti: http://gopharm.uz

Mobil ilovani yuklab olish:

— Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.go.pharm

— iOS: https://apps.apple.com/us/app/id1527930423

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq