Operator va provayderlar uchun narxlar arzonlashtirildi
07.11.2020
Rukn: Internet.
Muallif: .

“O’zbektelekom” AK Internetga keng polosali ulanish xizmatlarini faol ravishda rivojlantirishni davom ettirmoqda. Butun respublika bo’ylab, shu jumladan chekka qishloqlar hududlaridagi foydalanuvchilar uchun xizmatlar narxini pasaytirish va xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Kompaniya o’z infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, boshqa operator va provayderlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni ham rivojlantirish uchun sharoit yaratish ustida ish olib bormoqda.

Jumladan, 2020-yil noyabrdan xalqaro pakеtli kommutatsiya markaziga (XPKM) ulangan opеratorlar va provaydеrlar uchun tashqi intеrnеt-kanal narxi arzonlashtirildi. Bunda 1 Mbit/s tezlik uchun narx 20 %ga arzonlashtirilib 56 ming so’mdan 45 ming so’mga tushirildi. So’nggi 3 yil ichidagi dinamikani kuzatadigan bo’lsak narx 5 barobardan ko’proq arzonlashtirilib 1 Mbit/s tezlikdagi tashqi intеrnеt-kanal narxi 244 ming so’mdan 45 ming so’mgacha tushirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq