“International Robotics Challenge 2020” xalqaro robototexnika musobaqasiga start berildi
05.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Uzoq kutilgan va an’anaga aylangan “International Robotics Challenge” (IRC-2020) musobaqasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqani Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov ochib berdi.

— Bu yil dunyo bo‘ylab pandemiya bo‘lishiga qaramay musobaqa o‘z mohiyatini yo‘qotmagan holda onlayn tarzda o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Mazkur musobaqani mamlakatimizda raqamlashtirishni tezlashtirishga va tajribalarga ega bo‘lishimizga sabab bo‘ldi, desak adashmaymiz, — dedi A.Sobirxonov.

Undan tashqari bugungi “International Robotics Challenge” (IRC-2020) Xalqaro robototexnika musobaqasi ochilish marosimi munosobati bilan Kanada davlat Cogmation Robotics kompaniyasi prezidenti hamda bosh direktori Larry G Schmidt hamda Janubiy Koreya Global Robot Cluster prezidenti Kim Chang-ho, Qozog‘iston respublikasi Robototexnika bo‘yicha federatsiya prezidenti Ayjan Jakeyeva o‘z video tabriklarini yo‘llashdi.

Bugungi musobaqalarda 11 ta davlatdan 200 ga yaqin yoshlar (Janubiy Koreya, Gruziya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Turkiya, Malayziya) ishtirok etmoqda.

Undan tashqari, Meksika, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Afg‘oniston davlatlarining ekspertlari so‘zga chiqdi va savol-javob sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

“International Robotics Challenge” (IRC-2020) Xalqaro robototexnika musobaqasi 3-8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa yo‘nalishlari:

LEGO platformasidagi virtual musobaqalar yakka ishtirokchi tartibida o‘tkaziladi. Musobaqalar LEGO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Virtual Robotics Toolkit platformasida o‘tkaziladi.

Stairway from Heaven (8-12 yosh) – Virtual xaritadagi qora chiziqlar bo‘ylab eng qisqa vaqtda belgilangan masofani bosib o‘tish.

Chimney (13-16 yosh) – turli rangdagi jismlarni ajrata olish, ko‘rsatilgan rangdagi jismni belgilangan joyga olib borish.

Creative yo‘nalishidagi musobaqalar Build the Future (8-14 va 14-30 yosh), da ishtirokchilar aniq vazifaga moslashtirilgan loyihalar bilan ishtirok etadi. Ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqqan loyihalarini ekspertlarga tanishtiradi va himoya qiladi.

Musobaqa haqida to‘liq ma’lumot olish uchun www.robochallenge.uz havolasiga o‘ting. Musobaqalar davomidagi kunlik yangiliklar va ma’lumotlar www.robochallenge.uz manzili hamda musobaqaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida berib boriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq