Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
02.11.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan besh muhim tashabbusning uchunchi 3 yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar olib borilmoqda.

Ushbu besh tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Navoiy viloyatinning Xatirchi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

Mazkur markaz “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Navoiy filiali Xatirchi tuman pochta aloqasi tarmog‘iga qarashli binoda tashkil etildi. O‘quv markazi tuman markazida joylashgan.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi zarur texnik vositalar bilan jihozlandi. Jumladan, kompyuterlashtirilgan o‘quv xonasida yoshlarga kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rgatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

O‘quv kurslariga tumanda joylashgan barcha maktablarning 5-11 sinflarda ta’lim olayotgan mingdan ortiq o‘quvchilarni, shuningdek, uyushmagan yoshlarni jalb qilish hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilim saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, “One Million Uzbek coders” yirik loyiha bo‘yicha tuman yoshlarni jalb qilish ishlar ham amalga oshiriladi. Bugungi kunda Navoiy viloyati bo‘yicha «One Million Uzbek coders» platformasida o‘n mingdan ziyod yosh yigit-qizlar ro‘yxatdan o‘tdi. Xatirchi tumanida esa «One Million Uzbek coders» platformasida 355 ta yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, 57 tasi muvaffaqiyatli ravishda kurslarni tamomladi va sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq