Karmana tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi
28.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi — aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish maqsadida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Ushbu 5 tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Navoiy viloyati Karmana tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

Mazkur markaz “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali Karmana tuman telekommunikatsiya bog‘lamasiga qarashli binoda tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat va tuman hokimligining rahbarlari va xodimlari shuningdek hamda tuman aholisi va yoshlari ishtirok etdi.

Mazkur markaz Wi-Fi aloqa va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, veb dizayn asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslar uchun mo‘ljallangan. Kibersport rivojlantirish to‘garaklari ham mavjud.

Tashkil etilgan ushbu markazda yiliga 1000 nafardan ortiq yoshlarimizni o‘qitish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirib borishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq