SAIPRO GROUP va ESports yangi shartnoma imzoladi
27.10.2020
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

Kibersportni rivojlantirish yo’lida ESPORTS O’zbekiston federetsiyasi (O’zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi) hamda SAIPRO GROUP kompaniyasi o’rtasida navbatdagi shartnoma imzolandi. Unga ko’ra endilikda SAIPRO GROUP O’zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasining eksklyuziv tarzda media va tijorat huquqlariga egalik qiladi.

Endilikda SAIPRO GROUP va O’zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi

— professional jamoa tuzish; kibesport arenasi faoliyatini yuritish va xududiy tarmoqlarini tashkil qilish;

— mavsumiy liga chempionati va professional turnirlarini o’tkazish;

— kompyuter o’yinlari industriyasini rivojlantirish;

— respublikamizdagi barcha kompyuter klublarini Federatsiya faoliyatida qatnashishga jalb qilish kabi qator loyihalarni hamkorlikda amalga oshiradi.

Mazkur kelishuvda ko’zda tutilgan loyihalarni SAIPRO GROUP kompaniyasi o’zining hamkori UZREPORT TV telekanali bilan birgalikda amalga oshiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq