“Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini amalga oshirishda yoshlarning o’rni
27.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

27-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan Farmoni ijrosi doirasida “Raqamli O’zbekiston-2030 dasturini amalga oshirishda yoshlarning o’rni” mavzusida onlayn konferensiyasi bo’lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda, O’zLiDeP partiyasi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti, “Art Craft” kompaniyasi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida frilanserlik orqali yoshlar bandligini ta’minlash, IT Park faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish va raqamli ta’lim istiqbollari kabi mavzularda yosh olimlarning, qolaversa, soha vakillarining ilmiy maqolalari chop etilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq