Professional jurnalistlar — demokratik islohotlar kafolati
26.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 23-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Professional jurnalistlar — demokratik islohotlar kafolati” mavzusida onlayn-videokonferensiya tarzidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ta’kidlanganidek, o‘tgan to‘rt yil davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jurnalistikaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgargardi. Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi G. Saidg‘aniyeva “Milliy jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar sohasining qonunchilik asoslari: Bugungi holati va istiqbollari to‘g‘risida” ma’ruza bilan chiqish qildi. Unda asosan professional jurnalistikani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasidagi chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish, jurnalistika sohasidagi yutuqlar va duch kelinayotgan muammolarni, Internet jurnalistikaning rivoji, sohaga raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining kirib kelishi va soha rivojiga bularning ta’siri, shuningdek, jamiyatda demokratik islohotlar, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga amal qilinishi hamda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishga erishilishida professional jurnalistlar faoliyatining ahamiyatini ko‘rsatib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari X. Salimov hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti N. Toshpo‘latovalar ham mavzu bo‘yicha o‘zlarining ekspertlik munosabatlarini bildirdilar. Xususan, X. Salimov zamonaviy professional jurnalistikani shakllantirishda “Ustoz-shogird” an’analarini saqlab qolishni, N. Toshpo‘latova esa, pandemiya davrida jurnalistika yangi bosqichga chiqqani hamda bugungi jurnalistlar axborotning xolisligiga emas, balki uni tezroq yoritib o‘z kuzatuvchilarini ko‘paytirishga e’tibor qaratayotganini ta’kidladilar.

Yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan axborot siyosati sohasida qonun hujjatlarining samarali ijrosini ta’minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish borasida axborot siyosatining o‘zgarmas qoidalari bo‘lgan ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga amal qilinishida professional jurnalistik faoliyatning muhim jihatlarini ifoda etuvchi tahliliy ma’lumotlar hamda jurnalistikada axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbirda muhokama etilgan masala yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi va tegishl qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq