Toshkent shahrida G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filiali qoshidagi inkubatsiya markazining ochilishi
25.10.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 28-oktyabr kuni G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filialida IT Park inkubatsiya markazining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtadi.

Ochilish marosimida IT Park direktori Farhod Ibragimov, universitet rektori, Qalandar Abdurahmonov, universitet rahbariyatining boshqa vakillari va talabalar ishtirok etadilar.

Maxsus taklif etilgan maʼruzachi Express24 asoschisi Akmal Payziev boʻlib, u texnologik tadbirkorlik boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrtoqlashadi.

Taʼkidlash joizki, oliy oʻquv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlari iqtidorli yoshlar oʻrtasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar sifati va sonini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Inkubatsiya markazlari oʻz navbatida talabalar uchun original ilmiy-texnik gʻoyalarni amalga oshiruvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Inkubatsiya markazlarining uzoq muddatli maqsadlari va vazifalari quyidagilardir:

— mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish;

— Oʻzbekistonda yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish;

— innovatsion yoʻnalishdagi kichik biznesni rivojlantirish, talabalar uchun loyiha faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;

— talabalar va tajribali mutaxassislar oʻrtasidagi aloqalarni yoʻlga qoʻyish;

— yangi ish oʻrinlari yaratish.

Inkubatsiya markazlari talabalarning innovatsion ishlanmalarini “gʻoyalar”dan uni ishlab chiqarish boshlanishiga va birinchi muvaffaqiyatli sotuvga chiqarishga moʻljallangan.

G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filialida inkubatsiya markazi dasturining birinchi oqimi 6 modulni oʻz ichiga oladi:

1. Maqsadlarni belgilash;

2. Loyiha imkoniyatlarini aniqlash;

3. Muammoni aniqlash va tasdiqlash;

4. Biznes modellashtirish;

5. Mahsulotni yaratish va joyni qidirish;

6. Mahsulotni oʻlchash va foydalanuvchilarni jalb qilish.

Yuqoridagi barcha ishlar talabalar nafaqat nazariy, balki oʻz loyihalarini yaratish va targʻib qilish boʻyicha amaliy bilimlarni olishlari uchun amalga oshiriladi.

Ochilish marosimi universitetning oʻzida oflayn rejimda oʻtkaziladi.

Tadbir vaqti: 12:00

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq