Toshkent markazida IT markazlarini boshqarish bosh ofisi va yangi IT Akademiyasi ochildi
23.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 19-oktyabr kuni IT markazlarini boshqarish bosh ofisi va yangi IT Akademiyasi IT sohasiga qiziqqan barcha insonlar uchun oʻz eshiklarini ochdi.

Ochilish marosimida IT Park, IT Akademiya, IT markazlar vakillari, IT soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etdilar.

IT markazlarni boshqarish bosh ofisi shahar markazida, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ binosining pastki qavatida, Ucell ofisining yonida joylashgan. IT Akademiyasi shu binoning birinchi qavatida joylashgan.

IT markazlarning bosh ofisida butun respublika boʻylab IT markazlarning filiallarida boʻlib oʻtadigan barcha ichki va tashqi jarayonlarni boshqarish amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, asosiy ofisda zamonaviy 3D printerlari, Arduino, LEGO Mindstorm va Studica toʻplamlari bilan jihozlangan mobil robot laboratoriyasi boʻladi, shuningdek, IT Park jamoasi turli xil mahalliy va xalqaro kibersport chempionatlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻz mahoratini oshirishi uchun bootcamp tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, IT markazlarda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olish mumkin:

— Kompyuter savodxonligi;

— Chuqurlashtirilgan MS Office;

— Veb dasturlash tillari;

— Grafika va dizayn asoslari;

— Mobil ilovalarni yaratish;

— Python dasturlash tili;

— Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

— Kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20.

IT markazlarning ofisining yuqorisida joylashgan IT akademiyasiga kelsak, kattalar va bolalar uchun dasturlash boʻyicha oflayn kurslar oʻtkaziladi.

IT Akademiya oflayn kurslarining yangi blok formati har biri alohida texnologiyalarni oʻrganishga bagʻishlangan 3 ta alohida blokni (boshlangʻichdan professional dasturlashgacha) oʻz ichiga oladi. 1-blok dasturlash asoslari (HTML va CSS, 2 oy davom etadi). Undan soʻng talabalar Frontend yoki Backend dasturlash yoʻnalishlaridan birini tanlaydilar. 2-blokda JavaScript yoki Python dasturlash tillarini oʻrganadilar. 3-blok professional dasturlashning React + Redux yoki Python Django + SQL, freymvorkka bagʻishlangan.

Format yangi boshlanuvchilar uchun ham, dasturlashda maʼlum bilimga ega boʻlganlar uchun ham, oʻz bilim va koʻnikmalarini kengaytirishni istaganlar uchun ham javob beradi. Talabalar oʻz bilimlariga tayanib birinchi blokdan yoki qolgan bloklarning istalganidan boshlashlari mumkin. IT Akademiya oʻqituvchilari yetarli ish tajribasi va bilimga ega amaliyotchi dasturchilardir.

Mashgʻulotlar 10 kishigacha boʻlgan guruhlar bilan qulay taʼlim olish uchun barcha shart-sharoitlarga ega boʻlgan, zamonaviy kompyuterlar, konditsionerlar, uzilishlarsiz elektr toki va koʻplab boshqa narsalar bilan maxsus jihozlangan xonalarda oʻtkaziladi.

Mashgʻulotlarga quyidagi havola orqali yozilish mumkin: http://it-academy.uz

IT Markazlarni boshqarish bosh ofisi va IT Akademiyaning ochilishi Oʻzbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda yirik natijalarga erishish yoʻlida yaxshi poydevor boʻlib xizmat qiladi.

IT Markazlar: http://itcenter.uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq