Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish – “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
22.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tashabbusi bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘qituvchi-talabalari ishtirokida 2020-yil 19-oktabr kuni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish unumdorligini oshirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish va eksport salohiyatini oshirish tizimini tashkil etish maqsadida Andijon shahridagi “Digital city” texnoparkida “Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” nomli seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, 2020 yildan boshlab qishloq xo‘jaligiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, to‘liq raqamlashtirish, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirish maqsadida paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilish hamda bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish belgilab berildi. Bu borada mazkur farmon ushbu sohada raqamli texnologiyalarini izchil amalga oshirishda dasturilamal hujjat bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishda xususiy biznes ham faol qatnashmoqda. Xususan, “Digital city” texnoparkining rezidentlari tomonidan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida ekiladigan yerlarni raqamlashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishda “Monterra” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha amaliyotga tatbiq etilsa, fermer va dehqon xo‘jaliklarining eksport imkoniyatlari kengayadi.

Hozirda platforma O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Yer axborot” tizimi bilan o‘zaro integratsiya qilinib, jami 7 879 ta fermer xo‘jaliklarining 145 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari to‘g‘risida viloyatdagi jami ekin maydonlarining 64,74 foizi tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish yo‘lga qo‘yildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq