Dolzarb masalalar muhokama qilindi
22.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

22-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining dolzarb vazifalarini ijro etishga bag‘ishlangan yig’ilish videokonferensaloqa orqali o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Vazirlikning markaziy apparati, tizimdagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, videokonferensaloqa orqali Vazirlikning joylardagi hududiy boshqarmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishida, mazkur Farmon qabul qilinishi va unga asosan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlanishi O‘zbekistonda raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirishda dasturilamal bo‘lishi to‘g‘risida alohida aytib o‘tildi.

Farmonga muvofiq 2020-2022 yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir davomida olib borilayotgan choralarni kuchaytirish talab qilgan bir qator dolzarb yo‘nalishlar ham ko‘rsatildi. Respublikamizda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, elektron hukumat tizimini rivojlantirish, pochta sohasini modernizatsiyalash, IT tadbirkorlar va IT startaplar uchun keng imkoniyat yaratish, Vazirlik tizimdagi o‘quv muassasalari faol ishtirokini ta’minlangan holda IT kadrlarni tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq