“O‘zkomnazorat” boshlig‘i Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi
14.10.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2020-yil 14-oktabr kuni O‘zkomnazorat DI binosida inspeksiya boshlig‘i G‘.Ziyayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos va boshqa mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrda imzolangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020-yil 6-oktabrdagi «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori ijrosini ta’minlash, bu borada hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.

Tomonlar “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish, “Elektron hukumat” loyihalarini joriy etish, respublikaning chekka hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini keng polosali Internet tarmog‘i bilan ta’minlash yo‘nalishida o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish lozimligini ta’kidladi va bu borada hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq