IT Park rezidentlari elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanishni osonlashtiradigan Mobile-ID loyihasini ishlab chiqdi
14.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Mobile ID — maxsus SIM-karta asosidagi raqamli imzo yechimi. Ushbu texnologiya yordamida davlat va xususiy xizmatlarni masofadan turib osongina olish, shuningdek, shaxsni identifikatsiyalashning keng doirasiga kirish imkoniyati ochiladi.

Mavjud ERI’ning qo‘llanilishi bilan O‘zbekiston Respublikasida bir qator muammolar mavjud:

— turli idoralarda turli ERI kalitlaridan foydalanish;

— xavfsizlik darajasini pasaytiradigan begona odamlar tomonidan ERI’ni oson nusxalash;

— USB vositalarida ERI’ning noqulay saqlanishi;

— ERI’dan foydalanish uchun drayverlarni o‘rnatishdagi qiyinchiliklar.

Shuning sababdan “Digital Intellekt Solutions” MCHJ “Vades Group” MCHJ bilan hamkorlikda “O‘zDSt 1092:2009” milliy shifrlash algoritmida maxsus SIM-kartada ERI’ni amalga oshirishdan iborat “Mobile ID” mobil identifikatsiyalash texnologiyasini joriy etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilishini amalga oshirdi.

Mobile ID yuqoridagi barcha muammolarni hal qiladi va bir qator afzalliklarni taqdim etadi:

— texnologiya yordamida barcha ERI kalitlarini turli bo’limlardan bitta SIM-kartaga birlashtirish mumkin;

— Mobil ID bilan ERI yordamida har qanday mobil telefondan foydalanish mumkin;

— texnologiyadan foydalanish qamrovi — uyali aloqa ishlaydigan barcha joylarda;

— texnologiyadan foydalanish uchun qo‘shimcha drayver yoki ilovalar talab qilinmaydi;

— yuqori darajadagi xavfsizlik, zero, maxsus shifrlash kaliti SIM-karta hisoblanmaydigan hududida saqlanadi va faqat ERI egasi uchun mavjud bo‘lgan parol bilan himoyalangan.

Mazkur texnologiyani qo‘llash oson bo‘lib ERI’dan nafaqat yuridik shaxslar, balki jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin. ERI davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, ariza beruvchilarning elektron davlat xizmatlaridan teng foydalanishini, davlat organlari hujjatlarini bir xillashtirilishini, elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanishni, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirishni, jismoniy shaxslarning bank hisoblarini boshqarishga bevosita masofadan turib kirishini, axborot xavfsizligini ta’minlaydi.Ta’kidlash joizki, ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “SIM-kartalarga o‘rnatilgan kriptografik mikroprotsessorlarda mobil elektron raqamli imzo (ERI) ni joriy etish” investitsiya loyihalari va elektronika va elektrotexnika sanoati sohasida istiqbolli yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritilgan.

2019-yilda tashkil etilgan “Digital Intellekt Solutions” MCHJ “Vades Group” MCHJ kompaniyalari guruhiga kiradi. 2020-ning iyul oyidan boshlab IT Parkning rezidenti hisoblanadi.

Kompaniyaning asosiy faoliyati fuqarolarning hayotini soddalashtirish, biznes samaradorligini oshirish va zamonaviy IT mahsulotlarini yaratish orqali B2C, B2B va B2G tarmoqlari uchun dolzarb muammolarni hal qilishda innovatsion IT yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq