“Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalarining chiqarilishi haqida
14.10.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Zanjir 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020-yil 7-oktabrdan “Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi. Pochta markalarida Farg‘ona shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari sport kolleji binosi hamda Marg‘ilonda mashhur bo‘lgan atlas va adras to‘qib chiqaradigan stanogi tasvirlangan. Kuponda Farg‘ona viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi va tumanlari ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner — Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1428. Olimpiya zaxiralari sport kolleji (Farg‘ona) Nominali — 3200 so‘m.

1429. Mato to‘qish stanogi Nominali — 3500 so‘m.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq