Xorazmda navbatdagi IT markaz ochildi
13.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni nazarda tutuvchi “Besh tashabbus” ning uchinchisini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aholi, ayniqsa, yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilishi maʼlum qilindi.

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida IT Markaz tashkil etish uchun “Oʻzbektelekom”AJ Xorazm filialiga qarashli boʻsh bino zamonaviy asbob-uskunalar, proyektor va boshqa texnik vositalar bilan taʼmirlandi va jihozlandi.

Tantanalai ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari K. Yuldashev, vazirlik hududiy boshqarmasi boshligʻi Z. Karimov, Hazorasp tumani hokimi U. Masharipov hamda bir guruh faol yoshlar va oʻqituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.

Mazkur IT markazda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olish mumkin:

— Kompyuter savodxonligi;

— Chuqurlashtirilgan MS Office;

— Veb dasturlash tillari;

— Grafik va dizayn asoslari;

— Mobil ilovalarni yaratish;

— Python dasturlash tili;

— Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

— Va eSPORTS: CS: GO, Dota2, FIFA20.

Kelgusida mazkur IT markazda 5-11-sinflarda tahsil olayotgan tuman umumtaʼlim maktablarining 20 mingga yaqin oʻquvchisi axborot texnologiyalari, dasturlash va startap loyihalarni ishlab chiqish sohasida innovatsion ishlanmalar yaratish bilan shugʻullanadi.

Shu bilan birga, oʻquv markazida korxona va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Shuni ham taʼkidlash joizki, hozirda uzbekcoders.uz platformasida Xorazm viloyatidan 3 018 nafar yigit-qiz roʻyxatga olingan.

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunda mamlakatda 51 IT markazi ochilgan. 2021-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 203 ta IT markaz ochilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq