“One Million Uzbek Coders” faol ishtirokchilari uchun tanlovning ikkinchi toʻlqini
13.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

IT Park http://uzbekcoders.uz platformasida faol ishtirokchilari uchun tanlovning ikkinchi boshlanishini eʼlon qilamiz. “One Million Uzbek Coders “loyihasi doirasida tanlov mamlakat aholisining IT ga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida loyihaning eng faol ishtirokchilari uchun tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

-Tashabbus koʻrsatish, boshqa ishtirokchilarni ragʻbatlantirish, platformadan foydalanishga yordam berish va loyihaning telegram guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarida oʻquv materiallarini oʻzlashtirish;

— Muallifning maqolalarini, loyihadagi muvaffaqiyat tarixlarini yoki IT mavzusidagi maqolalarni va loyiha ishtirokchilariga foydali boʻlgan yangi texnologiyalarni yuborib turish.

Ishtirokchilar tashabbusi bir necha mezonlarga muvofiq baholanadi:

— Onlayn kanallardagi faollik. Qiyosiy raqamli koʻrsatkichlar boʻyicha;

— Xabarlarning sifatiga ko‘ra (axborotning foydasi, loyiha maqsadlariga muvofiqligi);

— Maqolalar chop etish (O‘ziga xoslik, loyihaning maqsadlarga muvofiqligi, foydasi, dolzarbligi, grammatikasi va tuzilishi. Maqolalar oʻzbek tilida boʻlishi kerak.)

Ishtirok etish huquqi:

Istalgan kishi ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish tartibi:

— Loyiha ishtirokchisi boʻlish, saytda roʻyxatdan oʻtish http://uzbekcoders.uz va oʻrganish boshlash.

— Loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna boʻlish.

— Loyihaning telegram guruhlariga qoʻshiling.

— Bizning guruhimizda maqolalar nashr qilish: http://community.uzbekcoders.uz

Nashr muddati: 12.01.2021

Umumiy yosh toifasidagi eng yaxshi uchta ishtirokchi 1500 AQSh dollari miqdoridagi sovrin bilan mukofotlanadi.

Maktab toifasidagi eng yaxshi uchta ishtirokchi 500 AQSh dollari miqdoridagi sovrinni qoʻlga kiritadi.

Platforma havolasi: http://uzbekcoders.uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq