Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabida 2-bosqich onlayn test imtihonlari natijalari e’lon qilindi
13.10.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 5-9 oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun 2-bosqich onlayn test imtihonlari o‘tkazildi.

E’lon qilingan ikkinchi bosqich onlayn test imtihonlari natijalari bilan batafsil quyidagi havola orqali — https://ictschool.uz/qabul-natija/ yoki maktabning www.ictschool.uz  rasmiy veb sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Ma‘lumot uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 10-sentabrdan 20-sentabrga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilarning hujjatlari maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilingan.

2020-yil 25-29 sentabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yiliga 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun onlayn imtihon jarayonlarining 1-bosqichi o‘tkazildi va 2-oktabr kuni e’lon qilindi.

Birinchi bosqich imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar joriy yilning 5-9 oktyabr kunlari ikkinchi bosqichda  Zoom dasturi orqali onlayn suhbatda ishtirok etdilar. 5-sinf o‘quvchilari uchun onlayn suhbat 5-6 oktabr kuni, 6-sinf o‘quvchilari uchun – 7-oktabr kuni, 7-sinf o‘quvchilari uchun – 8-oktabr kuni, va 8-9-sinf o‘quvchilari uchun – 9-oktabr kuni tashkil etildi. Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkazildi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol berildi.

Ta’kidlash kerakki, imtihon jarayonlariga malakalali mutahassislar — Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchi mutaxassislari jalb qilindi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabining www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq