Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi
10.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida Respublika ishchi guruhining 2020-yil 7-9 oktyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirok etdi.

2020-yil 7-9 oktyabr kunlari Buxoro viloyati Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 20 ta ariza kelib tushdi. Sayyor qabulida qatnashgan fuqarolar quyidagi masalalar bilan murojaat qilishdi:

— simli telefon aloqasi va internet o‘tkazib berish — 17 ta;

— mobil aloqa sifatini yaxshilash — 1 ta;

— telefon nosozligi bo‘yicha — 1 ta;

— telefon liniyasini almashtirish to‘g‘risida – 1 ta.

Shundan 2 ta murojaatlar sayyor qabul davomida ijobiy hal qilinib, 18 ta murojaatlar o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq