Tuproqqal’a tumanida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”ochildi
08.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3 yo‘nalishi-aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda.

Xususan 3-tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan Xorazm viloyatida 2019-yilda Xiva shahrida hamda 2020-yilda Gurlan, Yangibozor, Bog‘ot tumanlarida jami 4 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan edi.

Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, kibersport zallari tashkil etilib faoliyatko‘rsatmoqda.

O‘tgan davr mobaynida o‘quv markazlarga dasturlash asoslari, kompyuter savodxonligi va kompyuter grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha 500 nafardan ortiq yoshlar jalb etilib, 200 nafardan ortiq yoshlar o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi va ularga sertifikatlar topshirildi.

Viloyatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining beshinchisi Tuproqqal’a tumanida tashkil qilindi. Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

Mazkur markazda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan.

Shuningdek, mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda Xorazm viloyati bo‘yicha “Bir million dasturchilar” platformasida 3 018 dan yosh yigit-qizlar ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, 178 nafar yoshlar kursni tugatib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq