TATUda Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosini tatqiq etishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
08.10.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ozarbayjonning ADA universiteti, Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti (IEEE) hamkorlikda «XIV IEEE Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tatbiqi xalqaro konferensiyasi» onlayn formatda o‘tkazilmoqda.

AICT2020 xalqaro konferensiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad –jamiyatning barcha jabhalarida axborot texnologiyalarini qo‘llashning rolini yanada oshirish, tadbirkorlar, tadqiqotchilar, olimlar, dasturiy ta’minotlar bilan ishlovchi mutaxassislar, sanoat texnologiyalari bilan faoliyat yuritayotgan muhandislarni bir platformaga yig‘ish va ularning fikr mulohazalarini, takliflarini o‘rganish hisoblanadi. Xalqaro konferensiyaning maqsadidan kelib chiqib, tadqiqotchilar va amaliyotchilar ishlab chiqarishda, sanoatda, iqtisodiy sohadagi masalalar va muammolarni yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan ilmiy asoslangan biznes modellari va yechimlarini taklif etadilar. Tadqiqotchilar tomonidan taklif etilayotgan yechimlar xalqaro mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan fikr almashiniladi.

Konferensiyada 20 dan ortiq mamlakat olimlari 100 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etmoqda.

Jahoning yetuk salohiyatli mutaxassislari algoritmlar, dasturiy ta’minot injineriyasi, kiberxavfsizlik, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalar kabi jami 12 ta seksiyada onlayn taqdimotlari bilan ishtirok etmoqdalar.

Konferensiyada Sharqning yetuk allomalaridan biri bo‘lgan Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosi – matematika, astronomiya va zamonaviy axborot texnologiyalari sohalariga qo‘shgan tengsiz hissasi xorijiy mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi

Konferensiya 9-oktyabrga qadar o‘z ishini davom ettiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq