“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – rivojlanish garovi!
08.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yangi O‘zbekistonni zamon talabi bo‘lgan raqamlashtirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta. Yangi bosqichga qadam qo‘yib, oldimizga shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishni maqsad qilganmiz.

Buni oldindan ko‘ra bilgan davlat rahbarimiz joriy yil boshida Parlamentga qilgan Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shartligini, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishini, zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi, shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida belgilab berildi. Chunki raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi bilan birga odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi.
Raqamlashtirish bu – hayotning turli sohalariga, jumladan, iqtisodiyot, ta’limning barcha bosqichlari, madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir.

Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili – bu uning huquqiy asosini yaratishdir. Shuning uchun kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur strategiyaning maqsadi nima va u nimaga xizmat qiladi?

— “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini joriy etish, …“aqlli”, “xavfsiz” shahar, “Internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish. Ushbu asosda mamlakat YaIMning 30 foizga o‘sishi hamda “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi” xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash;

— mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish…;

— aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirish, ortiqcha sansalorlik va byurokratizmni oldini olishga qaratilgan “Elektron hukumat” kontseptsiyasini izchil amalga oshirish.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining oxirgi saylovoldi Dasturiga raqamlashtirish bo‘yicha qator rejalar kiritilgan, jumladan:

— milliy iqtisodiyotga “raqamli iqtisodiyot”ni keng joriy etish, mamlakatda raqamli texnologiyalarni keng miqyosda o‘tish mexanizmini ishlab chiqish;

— mamlakatimizni yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmog‘i bilan ta’minlash;

— iqtisodiyotni barcha sohasida onlayn savdo, elektron xizmatlar, raqamli televideniye va mobil internet, masofaviy o‘qitish, sanoat interneti (3D bosib chiqarish) va BigData texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun AKT infratuzilmalarini yaratish va boshqalar.

Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmonining qabul qilinishi ham partiyamiz saylovoldi Dasturiga mos va hos desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

— “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, …“aqlli”, “xavfsiz” shahar, “Internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish. Ushbu asosda mamlakat YaIMning 30 foizga o‘sishi hamda “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi” xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash;

— mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish;

— aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirish, ortiqcha sansalorlik va byurokratizmni oldini olishga qaratilgan “Elektron hukumat” konsepsiyasini izchil amalga oshirish.

Partiyamiz ilgari surgan yuqoridagi g‘oyalarning talay qismi hozirda amaliyotda o‘z aksini topdi. Jumladan, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalar hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqdа.

Shuningdek, joriy yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmonining qabul qilinishi ham partiyamiz g‘oyalariga hamohang, desak yanglishmaymiz.

Mazkur Farmon bilan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlanib, birgina 2020-2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan, keng polasali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga yetkazish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etish, 587 ming kishini kompyuter dasturlash asoslariga o‘qitishni tashkillashtirish, hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalarini biriktirish hamda ularning 12 ming nafar xodimini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, 13 ta namunaviy tumanlarda IT-infratuzilmasini yaratish, kompyuter uskunalari bilan jihozlashni nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta’lim maktablari hamda sog‘liqni saqlash muassasalarini raqamlashtirishni yakunlash bo‘yicha choralar ko‘rish belgilandi.

Endilikda 2020-yil 1-noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar vakolatlari yuklatiladi hamda ularning oylik maoshiga har oyda 30 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2021-yil 1-sentabrga qadar raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha barcha tuman va shaharlarda o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganishi uchun mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Ko‘rinadiki, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyani tasdiqlanishi mamlakatimiz rivojlanishining barcha jabhalariga juda dolzarb omil bo‘ldi. Endi ish qanchali uni soha rahbarlari tushunishiga va amalga oshirishga tayyorligiga qolgani. Ishonamizki, mazkur muhim strategiyani hammamiz to‘g‘ri tushunib, uni qo‘llab-quvvatlaymiz va natijalarga qarab intilamiz.

Maniyazov Baxtiyor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi va Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq