Kundalik: o‘quv yili boshida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga tezkor javoblar
07.10.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘quv yili boshlanishi bilan Kundalik qo‘llab-quvvatlash markaziga tizimda ishlash bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushyapti. Kompaniyaning qo‘llab quvvatlash markazi va metodik bo‘limi xodimlari eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni taqdim etadilar.

Ro‘yxatdan o‘tayotganda nega xatolik chiqadi, kirishni qanday tiklash mumkin?

Kundalik bilan ishlashni boshlash uchun maktab har bir foydalanuvchiga vaqtinchalik login va parolni beradi. Tizimga birinchi marta kirganda har bir foydalanuvchi vaqtinchalik parolni doimiyga o‘zi o‘zgartirishi, uni eslab qolishi va tizimga keyingi safar kirishda undan foydalanishi lozim. Agar siz login yoki parolni unutgan bo‘lsangiz, bosh sahifasidagi “Kirish” tugmachasi ostida joylashgan “Kirishni tiklash” havolasini bosgan holda, ularni mustaqil ravishda tiklash mumkin. Ro‘yxatdan o‘tayotgan paytda ko‘rsatilgan elektron pochtaga ma’lumotlarni tiklash uchun havola ko‘rsatilgan xat yuboriladi. Shu bois ro‘yxatdan o‘tayotganda shaxsiy pochtadan foydalanish va pochta qutingizning parolini boshqa shaxslarga bermaslik juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, sinf rahbariga yoki maktab administratoriga murojaat qilgan holda ham kirishni tiklash mumkin.

Bolalarni ota-onalar profiliga qanday “bog‘lash” mumkin?

Qarindoshlar bo‘limidan bog’lashni hatto farzandlaringiz turli maktablarda ta’lim olganida ham amalga oshirish mumkin. Ularning profillarini “bog‘lash” uchun o‘quv muassasasining xodimlariga faqat ota-ona profilining loginini ma’lum qilish kerak, parolni ma’lum qilish shart emas. Foydalanuvchilar ro‘yxatlariga o‘zgarishlarni faqat ta’lim tashkilotingizning xodimlarigina kiritishi mumkin. Biz bu masala bo‘yicha administratorga yoki sinf rahbariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Uy vazifasini qanday jo‘natish mumkin, agar “UV ni biriktirish” tugmachasi bo‘lmasa, nima qilish kerak?

Uy vazifasi sahifasidagi fayllarni faqat o‘quvchining profili orqali biriktirishni amalga ocshirish mumkin, ota-ona profili orqali buni qilishning iloji yo‘q. O‘qituvchi uy vazifasini berayotganda tegishli sozlanmalarni o‘rnatgan bo‘lsagina, faylni uy vazifasiga biriktirish mumkin.

Bajarilgan ishni uy vazifasi sahifasida yuboriladi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

— “Ta’lim”–“Uy vazifasi” bo‘limiga o‘tish;

— Kerakli UVni tanlash va uni bosish;

— Ochilgan sahifada ish natijalari blokida joylashgan “Faylni biriktirish” tugmachasini bosish kerak. Fayli tanlab, uni yuborish uchun yuklaysiz. Batafsil videoyo‘riqnomani bu yerda ko‘rish mumkin.

Nega UV sahifasida 10 mb dan ortiq fayllarni yuborib bo‘lmaydi?

Uy vazifalarini tezroq jo‘natish uchun tizimga yuklanadigan fayllarga hajmi bo‘yicha 10 Mb gacha cheklov o‘rnatilgan, chunki og‘ir hujjatlarni yuklash ma’lumotlarni uzatish tizimiga qo‘shimcha yuklama tushishiga olib keladi. Fayllarni joylashtirish uchun muqobil yechim sifatida “bulutli ombordan” foydalanish, Kundalik tizimida esa ushbu “omborlarda” saqlangan hujjatlarga havolalarni joylashtirish tavsiya etiladi. Fayllarni “bulutli omborlarga” qanday yuklash haqidagi batafsil videoyo‘riqnomani bu yerda ko‘rish mumkin.

Demoversiya (namoyish versiyasi) o‘zi nima, Kundalik tizimidan foydalanganlik uchun pul qanday to‘lanadi?

Namoyish versiyasi platformaning imkoniyatlarini baholash va sotuvlar boshlangunga qadar Kundalik funksiyalaridan to‘laqonli foydalanish imkonini beradi. To‘liq versiya funksiyasi ishga tushganida (ayni paytda uning ustida ishlanmoqda), elektron kundalikni Click.uz yoki Uzcard to‘lov kartasi yordamida Kundalik akkauntida xarid qilish mumkin bo‘ladi. Obuna oilaviy bo‘lib, u bir o‘quvchiga, uning ota-onasi va bolaning maktab hayotini kuzatib borishni istaydigan boshqa qarindoshlariga taalluqli bo‘ladi. Bir yil uchun 10 ming so‘m to‘lagan holda o‘quvchilarning ota-onalariga elektron kundalikning veb-versiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. To‘lov jarayoni haqidagi yo‘riqnomani bu yerda ko‘rish mumkin.

Bu yil hisobot davri qaysi sanadan boshlanadi?

Ta’lim jarayonini tashkillashtirish, kiritiladigan ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi haqidagi savollarni ta’lim tashkilotining xodimlariga yo‘llashni tavsiya etamiz, chunki jadval, uy vazifalari va o‘quv jarayonini tashkillashtirishning boshqa jihatlari yo‘qligi uchun maktab rahbariyati javob beradi.

Tizimga qanday jadvalni joylashtirish kerak?

O‘quv jarayonini tashkillashtirish masalasi bo‘yicha ta’limni boshqarish organlarining xodimlariga (tuman xalq ta’limi bo‘limi, shahar xalq ta’limi boshqarmasi, XTV). Kundalik bunday savollarga javob berolmaydi.

Butun davr uchun jadvalni qanday tahrir qilish mumkin?

Jadval sxemalari chop etilganidan keyin darslarning ma’lumotlari bilan ishlash ishlari (qo‘shish, tahrir qilish va bekor qilish) hisobot davridagi jadval setkasida amalga oshiriladi. Unga “Ma’muriy boshqarish”/”Darslar” havolalari bo‘yicha o‘tish, sinf kodini tanlash va joriy hafta uchun darslar jadvali bilan ishlash yoki “Butun davr uchun jadval”ni ochish mumkin. Dars haqidagi axborotni tahrir qilishga o‘tish uchun shu darsga kursorni olib borganda qalqib chiqadigan darchada paydo bo‘ladigan ikonkani bosing. “Darsni tahrir qilish” darchasi ochiladi.

Darslar jadvalida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganida, dars jadvalining sxemasini tahrir qilish va uni o‘zgarishlar kuchga kiradigan haftadan boshlab chop etish, agar olib tashlanadigan darslar bilan bog‘langan baholar va uy vazifalari bo‘lmasa, zarurat bo‘lganida, dars jadvali setkasini oldindan tozalash tavsiya etiladi.

Dars jadvalining sxemasi asosiy dars jadvalining bo‘sh yacheykalarida chop etilishi kerak, aks holda sxemaga kiritilgan o‘zgarishlar asosiy jadvalda paydo bo‘lmaydi. E’tibor qiling, dars jadvalini tozalash darslar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarning olib tashlanishini ko‘zda tutadi, masalan: ular haqidagi umumiy ma’lumot, baholar, darsda borligi haqidagi belgi, uy vazifalari va sharhlar. Jadval haqida batafsil “Administrator qo‘llanmasi”da o‘qish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq