Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
03.10.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

Ushbu 5 tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasinning Amudaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

Amudaryo tumanidagi markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Q. Yuldashev ishtirok etdi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter texnika bilan jihozlangan bo‘lib, unda tuman yoshlarni raqamli texnologiyalari, zamonaviy kompyuter texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash, robototexnika asoslarini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkillashtirish va o‘qitish ko‘zda tutilgan.

Amudaryo tumanida tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazidagi kurslarga tumanda joylashgan barcha maktablarda 5-11 sinflarda ta’lim olayotgan 17 mingdan ortiq o‘quvchilarni, shuningdek uyushmagan yoshlarni jalb qilish hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilim saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, “One Million Uzbek coders” yirik loyiha bo‘yicha tuman yoshlarni jalb qilish ishlar ham amalga oshiriladi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi buyicha “One Million Uzbek coders” platformasida 1900 dan ziyod yosh yigit-qizlar ro‘yxatdan o‘tdi. Amudaryo tumanida esa “One Million Uzbek coders” platformasida 132 ta yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, 30 tasi muvaffaqiyatli ravishda kurslarni tamomladi va sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahri, Mo‘ynoq, Beruniy, Qonliko‘l hamda Ellikqa’la tumanida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq