Toshkent shahridagi Inha universiteti onlayn imtihonlarni o’tkazish bo’yicha ishlab chiqilgan tizim asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabiga onlayn qabulni tashkil etishda yordam berdi
29.09.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

25-sentyabrdan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTni rivojlantirish bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabga 2020-2021- o’quv yili uchun kirish imtihonlari o’tkazilmoqda. Koronavirus pandemiyasini hisobga olgan holda kirish imtihonlarini Toshkent shahridagi Inha universiteti tajribasi va sinov platformasidan foydalanib, onlayn tarzda o’tkazishga qaror qilindi.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilda Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi marta kirish imtihonlari to’liq onlayn tarzda o’tkazildi. Shuningdek, muvaffaqiyatli tajriba aniq kuzatuv qoidalariga rioya qilish va eng yaxshi abituriyentlardan eng yaxshilarini tanlab olish uchun mutlaqo shaffof imtihonlarni o’tkazish salohiyatini ko’rsatdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabiga xuddi Toshkent shahridagi Inha universitetidagi kabi imtihonlar ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bosqichda onlayn testlar va mantiqiy topshiriqlar bo’lib, ular proktorlar va mutaxassislarning qat’iy nazorati ostida onlayn tarzda bajariladi. Ikkinchi bosqichda esa birinchi bosqich sinovini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar onlayn suhbatda o’tadilar.

“Toshkent shahridagi Inha universitetining xalqaro va mahalliy mutaxassislari ham maktabning onlayn imtihonlarida ekspert sifatida qatnashadilar. Onlayn imtihonlarni o’tkazish bo’yicha Koreya tajribasini bo’lishishdan xursandmiz. Qabul markazining axborot tizimida sinovlarni adolatli va haqqoniy o’tkazish uchun hamma narsa eng kichik detallargacha hisobga olingan. Bunda noutbuk monitorining joylashuvi, yozuv rejimidagi telefon, ovoz va boshqalar hisobga olinadi. Juda muhim va mas’uliyatli ish jarayonning barcha tafsilotlarini yozib boradigan kuzatuvchilarning yelkasiga tushadi. Shuni ta’kidlamoqchimanki, kirish imtihonlarini bunday tashkil etish O’zbekistonda birinchi marta o’tkazilmoqda.» — dedi o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor Li Dong Von.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq