Mobil qurilmalarni IMEI kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari yuzasidan brifing o‘tkazildi
25.09.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
24-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan brifing tashkil etildi. Unda Mobil qurilmalarni IMEI kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi direktori Bobur Tillabayev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Rustam Qobilov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov dapartamenti katta tergovchisi Javohir Qodirov mavzu yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi.
- « “Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash” mavzusida vebinar o‘tkazildi
- Mobil qurilmalarni IMEI kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi direktori Bobur Tillabayev bergan ma’lumot »