Xorazm viloyatining Xonqa va Shovot tumanlari raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha namuna sifatida tanlab olindi
21.09.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 28-aprel kuni qabul qilingan «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida olib borilayotgan ishlarni xududlarda yanada jadallashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi rahbariyati va ishchi gruhi Xorazm viloyatiga bordi.

Xorazm viloyatida raqamli texnologiyalarni joriy qilish, axborot texnologiyalari infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalarini, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov hamda viloyat hokimi F.Ermanov atroflicha muhokama qildilar.

Muhokamalar natijasida Xorazm viloyatining Xonqa va Shovot tumanlari raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha namuna sifatida tanlab olindi.

Tanlab olingan Xonqa va Shovot tumanlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda.

Yo‘l xaritada 2020-yilda hamda 2021-yil 1-chorak davomida Xonqa va Shovot tumanlarida qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalari ko‘zda tutilgan.

Kelgusida viloyatda tegishli sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratilishini ta’minlashga erishiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq