IT Park rezidentlari tomonidan oʻzbek tilidagi matnlarni bexato yozish uchun platforma yaratilganligi haqida
15.09.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

1989-yilning 21-oktyabr sanasida “Davlat tili toʻgʻrisidagi” Qonun qabul qilindi va buning sharofati bilan Oʻzbekiston mustaqil davlatga aylanishga yanada yaqinlashdi. Tez orada oʻzbek tili mamlakatimizning rasmiy davlat tili boʻlganiga 31 yil toʻladi.

Bugungi kunga kelib oʻzbek tili bizning IT hamjamiyatimizda alohida oʻrin egallaydi va uni nafaqat oʻzbek millati vakillari, balki Oʻzbekistonda yashovchi koʻplab boshqa millat vakillari ham biladi. Qolaversa, oʻzbek tilini bilish Oʻzbekistonda qiyinchiliksiz biznes yuritish, muzokaralar oʻtkazish va yurtimizning turli nuqtalaridan boʻlgan tadbirkorlar bilan suhbatlashish imkoniyatini beradi.

IT Park rezidentlari va startaplari tomonidan oʻzbek tilini ommalashtirish maqsadida koʻplab IT loyihalar amalga oshirilmoqda. Matn.uz – IT Park rezidenti “Project Managers” hamda Mass-mediani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan platforma boʻlib, shunday loyihalardan biri hisoblanadi.

Matn.uz platformasi – bu barcha xohlovchilar uchun oʻzbek tilini bexato ishlatish va oʻrganish uchun onlayn markazdir. Loyihaning bosh maqsadlarida biri – oʻzbek tilidagi matnlarni toʻgʻri va bexato yozishga koʻmaklashish, shuningdek aholining barcha qatlamlarida davlat tilida toʻgʻri va aʼlo darajada yozuvchi insonlar salmogʻini oshirish, ona tiliga boʻlgan muhabbatni uygʻotish va bexato koʻrinishdagi davlar tilida foydali suhbatlar evaziga turmush tarzini yaxshilash hisoblanadi.

Matn.uz platformasi tufayli endi insonlarda matnni lotin alifbosidan bir lahzada kirill alifbosiga oʻtkazish, bir deganda 5000 tagacha belgiga ega matnlarni tahrirlash, qiziq boʻlgan soʻzlarni toʻliq izohini topish va koʻplab foydali operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Ushbu platformaning qanday afzalliklari bor?

Platforma “mashinaviy oʻrganish” texnologiyasiga asoslangan, yaʼni siz qancha koʻp xatolarni tekshirib borsangiz, tizim shuncha koʻp oʻz ustida ishlaydi va yanada yaxshiroq natija koʻrsatishga harakat qiladi. Platformada dasturchilar uchun REST-API servisi yaratilgan, shuningdek tizim moderatorlari bilan tun va kunning istalgan paytida aloqa qilish imkoniyati koʻzda tutilgan. Shuningdek, foydalanuvchilar lugʻat bazasiga qoʻshimchalar qoʻshib borgan holda uni keyingi foydalanuvchilar uchun boyitishlari mumkin.

Oʻzbek tilini bilish Oʻzbekistondagi turmush tarzining asosiy faktorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bilim inson uchun koʻplab eshiklarni, imkoniyatlarni ochadi, yaxshi insonlar bilan tanishtiradi va koʻplab yangiliklarni koʻrsatadi. Oʻzbek tilini bilish faqat bunday imkoniyatlar uchun emas, balki insonning ichki sifatlari, vatanparvarlik tuygʻusi va madaniyatini rivojlantirgani hamda uni koʻp qirrali qilgani tufayli ham juda ham muhim va darkordir.

Ma’lumot uchun:

Project Managers IT — kompaniyasi O‘zbekistondagi 80 dan ortiq loyihaning muallifi va hammuallifi, shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan “Mangu Sarkarda” o‘yin sanoati sohasidagi loyihaning asosiy hamkori (tez kunlarda treylerning premyerasi kutilmoqda). Bundan tashqari, Project Managers “Birga Yengamiz” loyihasi muallifi hamdir birgayengamiz.uz (@coleraninguz) (Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda IT sohasida bepul o‘qitish), Colearning Academy (@colearningacademy) onlayn platformasi, GDG Tashkent( Google kompaniyasi bilan hamkorlikda dasturchilar uchun festival) va boshqa ko‘plab ijtimoiy loyihalari mavjud.

Kompaniya haqida ko‘proq ma’lumotni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: http://projectmanagers.uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq