Xalqaro hamkorlik
11.09.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyamа bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik, pochta xizmatlari, telekommunikatsiya sohalari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-sentabr kuni qabul qilingan “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan masalalar ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlim va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarining joriy holati va istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq