Jurnalistlar uchun ijodiy tanlov: “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
10.09.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«COSCOM» uyali aloqa operatori (Ucell savdo belgisi) jurnalistlar uchun «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili » mavzusida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to′g′risidagi 5953-sonli Prezidentning farmonini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

TANLOV MAQSADI:

– 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da axborot texnologiyalari, shu jumladan uyali aloqani rivojlantirishdagi ijobiy o‘zgarishlar va tendensiyalar to‘g’risida jamoatchilikni xabardor qilish;

– O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining ijodiy va jamoat faoliyatini rag’batlantirish;

– Telekommunikatsiya sohasida yozuvchi jurnalist va blogerlarni qo`llab quvvatlash.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA MUDDATI:

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi elektron va nashriy ommaviy axborot vositalarining vakillari bo‘lgan jurnalist va blogerlar, ish tajribasi, faoliyat sohasi va shaxsiy qarashlari, e’tiqodi, individual sifatlari bilan bog’liq boshqa sabablardan qat’i nazar, shaxsiy bloglar va Internet resurslar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida: gazeta, jurnal, televideniye, radio, Internet nashrlar (Uz domeni) va shaxsiy bloglar, telegram kanallar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot agentliklarida 2020-yil 7-sentabrdan 2020-yil 1-dekabrgacha e’lon qilingan ishlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

MATERIALLARGA TALABLAR:

Tanlovda qatnashayotgan materiallar sifatida:

– Internetda va / yoki bosma nashrda joylashtirilgan, audio va video formatda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan notijorat materiallar ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ushbu shartlarning talablariga javob bermaydigan materiallarni taqdim etgan shaxslar tanlov ishtirokchisi deb hisoblanmaydi.

E`lon qilingan materiallar oldin chop etilmagan va aniq misollarda raqamli o‘zgarishni ko`rsatishi maqsadga muvofiqdir:

– axborot texnologiyalari, uyali aloqani rivojlanishi tufayli sharoitlar ijobiy tomonga o`zgargani bo‘yicha tajriba;

– Internet tarmog’idan foydalanishni kengaytirish namunalari, uyali aloqa tarmog’ini va boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish misollari.

– korxonalarda, o‘rta maktablarda va boshqa davlat muassasalarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun maxsus yaratilgan yoki yaratilayotgan sharoitlar;

– mamlakatimizda raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar;

– «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) faoliyati;

– dijitalizatsiyaning ijtimoiy ahamiyati va iqtisodiy hissasi.

KONKURSGA YO‘NALTIRALADIGAN ISHLARNING TARKIBI

Nomzodlarning taqdim qilayotgan ishlari va hujjatlari quyidagi talablar bo‘yicha rasmiylashtiriladi:

– Yo‘natirilayotgan hujjatlarga konkursda ishtirok etayotgan shaxs haqida qisqacha ma`lumot, u bilan bog’lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar (e-mail majburiy), telefon va qaysi OAV nomidan qatnashayotgani to‘g’risidagi axborotlardan tashkil topgan maxsus so‘rovnoma qo‘shiladi.

So‘rovnomaga ilova qilinadigan materiallar quyidagi ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkin:

  • Nashriy OAV (gazeta, jurnallar).

– nashriy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (350 ta so‘zdan kam bo‘lmagan) ishlarning asli yoki yetarlicha sifatida skaner qilingan nusxasi (sahifa va sarlavhani ko‘rsatgan tarzda) hamda maqola matnining elektron ko‘rinishi.

  • Internet (saytlar, bloglar –.UZ domeni):

– Internet nashrlarda e’lon qilingan (hajmi 350 ta so‘zdan kam bo‘lmagan) ishlar matnning elektron nusxasi va Internetda materialning joylashgan manzili.

  • Televideniye, radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar):

–  Televizion lavha (davomiyligi 3 minutdan kam bo‘lmagan) –  fayl va/ yoki elektron manzil, qaysi kun va vaqtda efirga uzatilgani to‘g’risidagi ma’lumot bilan birgalikda.

–  Radioreportaj (davomiyligi 3 minutdan kam bo‘lmagan) – fayl va/ yoki electron manzil, qaysi kun va vaqtda efirga uzatilgani to‘g’risidagi ma’lumot bilan birgalikda.

Konkursga taqdim qilingan materiallar egasiga qaytarilmaydi va taqriz qilinmaydi.

BAHOLANISH MASALALARI:

Barcha taqdim etilgan ishlarni mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati baholaydi.
Jamoatchilikda ma`ruza ko`targan va mavzuni ochishda o‘ziga xos yondashuv bilan ajralib turgan materiallarga ustuvorlik beriladi.

YAKUNIY ISHLAR:

«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanlovi g’oliblari va laureatlari uchta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi:

1. Internet va bosma ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, saytlar, bloglar — .UZ domeni).

  • Ikkita birinchi o`rin – noutbuk.
  • To`rtta ikkinchi o`rin – smartfon.
  • Oltita uchinchi o`rin – qattiq disk.
  • Beshta rag’batlantiruvchi mukofot – elektron soat

2. Televideniye va radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar)

  • Birinchi o`rin – noutbuk.
  • Ikkita ikkinchi o`rin – smartfon.
  • Uchta uchinchi o`rin – qattiq disk.
  • Beshta rag’batlantiruvchi mukofot – elektron soat

Tanlovning har bir ishtirokchisiga «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan esdalik diplom taqdim etiladi.
Sovrinlarni mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati taqdim etadi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2020-yil 1-dekabr.

Natijalarni sarhisob qilish va e’lon qilish 2020-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida bo‘lib o‘tadi.

Sovg’alar va diplomlarni topshirish kuni qo‘shimcha ravishda 2020 yil dekabr oyida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga qarab individual ravishda e’lon qilinadi.

«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanlovi uchun ishlar quyidagi manzil bo`yicha qabul qilinadi:

COSCOM MChJ
100031, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
V. Vohidov ko‘chasi, 118-uy.
Tel .: +998931710051
Faks: +99878 1479803
Elektron pochta: Gulshan.Akobirova@ucell.com («Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”tanloviga, deb yozilsin)

Tanlovga ariza:
Ishtirokchining to‘liq ismi___________________________
Ishtirokchi to‘g’risida ma’lumot (shahri, yoshi, o‘qish (ish) joyi, ishtirokchi hamkorlik qiladigan OAV)
Ijodiy ishning nomi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq