Toshkent shahridagi Amiti universitetida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi
09.09.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yetti yildirki, Amiti Hindistondagi xususiy universitetlar ichida birinchi o‘rinni egallab keladi. Va ishonch bilan aytish mumkinki, hind o‘lkasidagi eng yaxshi universitet O‘zbekistonda mavaffaqiyatli foliyat olib bormoqda. Amiti global universitet bo‘lib, dunyo bo‘ylab 17 ta davlatda o‘z o‘rnini topgan. Shuningdek, eng nufuzli, ya’ni AQSh, Buyuk Britaniyadagi maxsus tashkilotlardan akkreditatsiya olib, diplomlarini standartlar asosida beradi va ta’limda ham sifatga jiddiy e’tibor qaratadi.

Ushbu nufuzli universitet O‘zbekistonga axborot texnologiyalari yo‘nalishini ko‘zlab olib kelingan bo‘lsa-da, hozirda universitetda biznes boshqaruvi, turizm, iqtisodiyot bo‘yicha ham ta’lim beriladi. Bundan tashqari, birinchi yildanoq iqtisodiyot va axborot texnologiyalaridan magistrlik dasturlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Onlayn ta’lim jarayonida Toshkent shahridagi Amiti universitetida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Pandemiyа davrida universitet onlayn platforma orqali yuqori sifatli ta’lim berish imkoniyatini yaratdi.

Toshkent shahridagi Amiti universiteti har bir talaba kompyuter laboratoriyalaridan foydalanishi uchun, onlayn kompyuter laboratoriyalarini ishga tushirmoqda.

Endi talabalar uyda mashq qilish , o’rganish uchun shaxsiy kompyuterlariga dastur o’rnatish shart emas. Talabalar virtual kompyuter laboratoriyasiga ega bo’lib, o’z kurslari bo’yicha talab qilinadigan barcha dasturlardan foydalana oladilar.

Endilikda talabalardan talab qilinmaydi:

— onlayn mashg’ulotlar paytida yuqori konfiguratsiyaga ega kompyuter, noutbuk sotib olish.

— onlayn mashg’ulotlar davomida dasturiy ta’minot , dasturlarni sotib olish.

— onlayn mashg’ulotlar davomida katta dasturiy ta’minot, dasturlarni o’rnatish.

Bu esa talabalarning o‘z ustida ishlashlari va bilimlarini oshirishlari uchun ulkan imkoniyatdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq