“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
07.09.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi.

Bugungi kunda “frilans” so‘zi tobora tez-tez uchramoqda. Uni deyarli barcha xodimlar yig‘ilishida, ayniqsa yoshlardan iboratlarida, shuningdek kompaniya, tashkilot va maktab o‘quvchilari, talabalar orasida ham quloqqa chalinib qoladi.

Bilmaydiganlar uchun frilans — bu odamni jismoniy va psixologik jihatdan cheklamaydigan o‘ziga xos onlayn ish platformasi. Frilanser — mustaqil mutaxassis bo‘lib, u dasturchi, kopirayter, dizayner va hatto advokat bo‘lishi mumkin.

Freelanserlar va ularning xizmatlarini izlaganlar uchun ko‘plab veb-saytlar va platformalar mavjud. Oddiy til bilan tushuntirganda, ish beruvchi ish taklif qiladi, frilanser uni qilish yoki qilmaslikka qaror qiladi. Yoki frilanser o‘z xizmatini taklif qiladi va ish beruvchi uning xizmatidan foydalanish yoki foydalanmaslikka qaror qiladi.

Ko‘p hollarda frilans faoliyati masofadan turib amalga oshiriladi va bu bilan ko‘pchilikning hayoti yengillashadu, zero, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha ofisda o‘tirib yo‘l va tushlikka mablag‘ni sarflashga hokat qolmaydi. Istagan joyingda, istagan ishingni istalgan muddatga bajar va buning uchun semga to‘lashadi.

O‘zbekistonda frilans jadal rivojlanmoqda. Albatta, hozircha mamlakatimiz aholisi orasida frilanslik xizmatlari juda mashhur emas, lekin allaqachon professional frilanserlar paydo bo‘lib ulgurgan.

Ulardan biri bilan suhbat qurish sharafiga muyassar bo‘ldik va frilans mavzusini yanada kengroq ochishga harakat qildik.

Saidravshan Shakirov, 25 yosh, 10 yillik tajribaga ega. Dasturlash va unga oid barcha narsaga mutaxassislashgan. Bugungi kunda Saidravshan o‘z dasturlash maktabi – Monday Academy va shaxsiy kompaniyasi – Monday Labs’ga ega.

— Nima ish bilan shug‘ullanasiz va mutaxassisligingiz?

— Men IT sohasida 10 yillik bekgraund’ga (ish tajribasi) ega Fullstack dasturchiman. Hozirgi paytda php, java, python, ruby, go, C Sharp, java script kabi tillarni bilaman.

— Frilanslikka qay tarzda kelib qolgansiz?

— Avvaliga men fotoshopga qiziqardim. 14 yoshga to‘lganimda fotoshop bo‘yicha darslar sotib oldim va kurslarni tamomladim, keyin yangi bilim va tajribaga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Tabiiyki, fotoshopdan murakkabroq kurs izladim va HTML, CSS kurslariga duch keldim. O‘rganishni yakunlagach men shunchaki ko‘chaga chiqib mehmonxonalarda sayt dasturlash bo‘yicha o‘z xizmatimni tavsiya qila boshladim. O‘sha paytda, ya’ni 10-11 yil avval 14 yoshda edim xolos. O‘shandayoq 250$ lik ilk buyurtmamni oldim, tahminan bir oycha o‘tib yana 400$ ga ish taklifi kelib tushdi. Buyurtmalarning hammasi mehmonxona saytlari edi. Shu tariqa mijoz izlashda davom etdim. Afsuski, Buxoroda sayt yaratish uchun zakaz olish juda qiyin, sababi ko‘pchilik hali sayt nimaligini bilmasdi ham, sayt desangiz Одноклассники’dagi akkauntini tushunardi. Shu sababli, internet bo‘ylab buyurtma qidira boshladim. Shu tariqa frilanslikka kelib qoldim.

— Frilansgacha nima bilan band bo‘lgansiz?

— 14 yoshda endi-endi veb dasturlash bilan shug‘ullnaishni boshlagandim. Ungacha ofitsiant bo‘lib, ofitsiantlikkacha mebel ustaxonasida shogir bo‘lganman. Amakim bilan birgalikda mebel mahsulotlarini yasardik. Aytgancha, maktabda o‘qigan kezlarim poyabzal ustasi bo‘lib ham ishlaganman.

— Nega barchaga o‘xshab odatiy ish jarayonini emas, balki frilanslikni tanladingiz?

— Men tanlamadim. Dasturlashni o‘rganishni boshlagan kezlarim Buxoroda dasturchilarga talab deyarli yo‘q edi va frilans birjalaridan ish qidirishga majbur bo‘lar edim. Shu tariqa frilansga aylandim. Biroz vaqt o‘tib ofis ishiga o‘tdim, biroq tez orada ishdan ketdim, chunki hammasi bir xil, ishda o‘sishni sezmadim. Keyin 2-3- va hokazo kompaniyalarga doimiy ishga kirdim, biroq har safar frilansga qaytaverdim.

— Frilanslik bir kunda qancha vaqtingizni oladi?

— Har xil, ba’zida kuniga 10-12 soat, ba’zida ko‘proq, tunlari uxlamay ishlagan paytlarim bo‘ladi, lekin ba’zi hollarda 30 daqiqa 1 soat ishlashim ham mumkin. Ish vaqti tez o‘zgarib turadi, barchasi buyurtmaga bog‘liq.

— Frilanslikda qancha maosh olasiz?

— Buni ochiq aytishni istamayman. Hozirda yirik kompaniya va buyurtmachilar bilan ishlayapman, ular bilan esa kelishuv doimo sir saqlanadi, shuning uchun foyda borasidagi ma’lumotni ochiqlay olmayman. Ammo shunga qaramasdan aytishim mumkinki, frilans dasturchilar oyiga o‘rtacha $200 dan $4 000 gacha daromad qilishlari mumkin. Maosh kishining kasbiy mahorati, tajribasi va qay darajada ko‘p ishlashga tayyorgarligiga asosan bo‘ladi. O‘zbekistonlik frilans tanishlarim orasida oyiga bemalol $3 000-$4 000 topa oladiganlari anchagina. Bu esa, o‘z navbatida, yillar davomida orttiriladigan tajriba va mehnatni talab etadi.

— Frilanslikning qanday afzallik tomonlari bor?

— Uning afzalligi — butun erkinligingiz o‘z qo‘lingizda ekanligida. Ishlangingiz kelganda ishlaysiz, yoki — yo‘q, shunchaki dam olasiz, film tomosha qilasiz. Biroq to‘liq erkinlikning kamchiliklari ham bor, ayniqsa tartib-intizomi nol bo‘lgan kishilarda bu seziladi. O‘zingizni yaxshi ishlashga majbur qila olmasangiz hech narsaga erishmaysiz va autsayderga aylanasiz. Bu sohada muvaffaqiyatga erisholmaysiz. Erkinlik bor, lekin shuning barobarida uni suiste’mol qilmaslik lozim. Doimo ishlash kerak, harakatda bo‘lish lozim.

— Frilanser bo‘lish uchun nimalarni bilish, nimaga ega bo‘lish kerak?

— Birinchi navbatda, boshqalardan ustun tarafingizni aniqlab oling: nimani yaxshiroq bilasiz. Masalan, kimdir yaxshi frontend dasturchi, kimdir bekend dasturlashda zo‘r. Dasturchi bo‘lish doim ham shart emas, mahsulot menejeri yoki moliyachi bo‘lish ham mumkin, bundan tashqari huquqshunos, jurnalist, kopirayter, dizaynerlar ham frilans sifatida ishlashadi. Avvaliga qaysi sohada o‘sishni xohlashingizni aniqlab oling. Undan keyin yo‘nalishingizni tanlang, shundan keyingina frilanslik faoliyatini boshlang. Albatta, ham frilans bo‘lib, ham ko‘nikmalarni rivojlantirgan holda bularni parallel olib borish ham mumkin.

— Frilanser qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi keram?

— Tirishqoq. Eng asosiysi — taslim bo‘lmaslik va o‘z ustida doimiy ishlash. Tinimsiz o‘sish va rivojlana bilish.

— Frilanslikda firibgarlikka uchraganmisiz?

— Ha, ishni tugatib berganingdan so‘ng dom-daraksiz yo‘qolgan firibgarlar ko‘p bo‘lgan. Bunaqa vaziyatlar bo‘lib turadi, lekin buni tabiiy qabul qilish kerak, chunki bu kabi holatlar hammada joyda bor. Ishlaganingizda 4-5 oylab bir so‘m ham olmasdan ishlamaysizku, aytmoqchi bo‘lganim firibgar kishilar 4-5 kunlik mehnat mahsulingizni “o‘g‘rilashadi”, shuning uchun tavakkal qilishdan, ishlashdan qo‘rqmaslik kerak. Va sizni ishontirib aytamanki, dunyoda mehnatingizga arzirli maosh beradigan mas’uliyatli va yaxshi insonlar juda ko‘p. Firibgarlarga ko‘p duch kelganingizda ham bu zararlar vaqt o‘tishi bilan qoplanib ketadi, unaqalar ko‘p, biroq qo‘rqish kerak emas.

— Ish beruvchi buyurtma tugaganidan so‘ng yo‘qolib qolmasligini qanday bilsa bo‘ladi? Buni oldini olish uchun nima qilish kerak?

— Birinchidan, avans olish kerak. O‘zim shu yo‘lni tutaman: loyihaga baho beraman, aytaylik, loyiha 10 so‘m turadi. Mijozga loyiha 20 so‘m turadi deyman, ammo shuning barobarida u menga 10 so‘m miqdorida avans to‘lashi kerak. Bundan kelib chiqadiki, mijoz 50% dan ortiq to‘lamay yo‘qolib qolganda ham men yutqazmayman. Ammo buning uchun siz to‘g‘ri yondashishni, o‘z mahoratingizni mijozga chiroyli tarzda yetkazib, ko‘rsatib, tushuntirib bera olishingiz kerak.

— Boshlang‘ich frilanserlarga qanday maslahatlar berasiz?

— Pul haqida emas, qanday qilib ko‘proq, sufatli tajriba va bilim orttirish haqida, ijobiy reputatsiyaga ega bo‘lish haqida o‘ylang. Pul esa o‘zi kelaveradi. O‘z tanlagan sohangizda eng zo‘ri bo‘lishga vaqt sarflang.

— Qanday qilib frilansda yirik daromad qilish mumkin?

— Frilansda barqaror ishlash haqidagi gaplar afsona. Buyurtma bo‘lsa, ishlaysiz, alsincha o‘tirib kutasiz yoki izlaysiz. Barqaror, doimiy ish kafolati yo‘q, shunday bo‘ladiki, 2 oycha yaxshi ishlaysizda, daromad ham shunga yarasha bo‘ladi, keyin bir oy hech qandya buyurtma tushmaydi — daromadsiz qolasiz. Ammo, odatda hammasi qoplanib ketadi.

— Buyurtmani qayerdan izlash kerak?

— Dunyo bo‘ylab frilans birjalar juda ko‘p, ammo men premium segmentga e’tiborimni qaratganman. Ayni paytda toptal.com nomki frilans birjasida ishlayapman. U yerga kirish oson emas, lekin uyoqda paydo bo‘lganingizdan keyin qanday qilib mijoz topish haqida o‘ylamaysiz. Bular haqida toptal.com qayg‘uradi.

— Frilansdagi eng muvaffaqiyatli keysingiz?

— Aytganimdek, oxirgi paytlarda toptal.com frilans birjasida ishlayapman. 2019-yilning sentyabr oyida meni Coreteam, ya’ni toptal.com kompaniyasining o‘ziga qabul qilishdi. U yerda frontend dasturchi sifatida ishladim. Bu men ishtirok etgan eng yirik loyihalarning biri. toptal.com haqida qisqacha aytaman – bu obro‘li frilans bozori. Kompaniyaning yillik daromadi 200 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Bu kompaniyada (Coreteam) men ishlab platformaning yaratilishida ishtirok etdim (toptal.com). Bundan tashqari, CRM-tizimlari, ERP-tizimlari va boshqa ko‘plab qiziqarli loyihalarda ishtirok etdim. Shuningdek, qayiq, yaxta, kater kabilarni ijaraga berishga mo‘ljallangan yirik marketpleys uchun sayt yaratilishida ham ishtirok etganman.

— Frilansdagi eng muvaffaqiyatsiz keysingiz?

— Muvaffaqiyatsizliklar juda ko‘p bo‘lgan. Bir safar mobil ilova yaratishga kirishdik, shaxsan o‘zim mobil ilova dasturchi sifatida ishladim va mijoz nativ kod yozishimizni xohlamadi, u bizdan ionic’dan foydalangan holda krossplatformali kod yozishimizni so‘radi. ionic’ning yaxshi tarafi u tufayli ilovani yozish juda oson va ilova tez ishga tushadi, ammo salbiy tarafi platforma asta ishlaydi. Biz mobil ilovani yozish uchun 3-4 oy vaqt sarfladik. Tugatgach mijoz ilova judayam qotib ishlayotganini aytdi. Bu noto‘g‘ri tanlangan texnologiya natijasi edi. Mijoz kodni optimallashtirishni so‘radi. Yana 2-3 hafta shuni ustida ishladik, ammo platformani to‘liq optimallashtirishning iloji bo‘lmadi. Mijoz juda ko‘p vaqt, mablag‘ sarfladi, ammo yaxshi natijaga erisholmadi. Bu — krossplatformali yechimdan foydalanaman deb pulni tejab qolishni istagan mijozning aybi. U oxirida jidayam asta ishlaydigan dasturga ega bo‘ldi.

— Frilans barcha uchunmi?

— Frilans barcha uchun emas. Agar sizning biror bir moliyaviy majburiyatlaringiz, oilangiz, doimiy xarajatlaringiz bo‘lsa-yu, shuning barobarida yetarli tajribangiz bo‘lmasa, sizga frilanslikni maslahat bermayman. Agar siz talab yuqori bo‘lgan biror ko‘nikmaga ega bo‘lsangiz, frilans bo‘lib, hatto tez orada o‘z o‘rningizni topishingiz mumkin. Tajribangiz bo‘lmasa, ammo vaqt hamda imkoniyatlaringiz bo‘lsa, yosh bo‘lsangiz, maslahatim — frilanserlikni boshlang. Frilanserlik bilan shug‘ullanishni boshlaganimda 14-15 yoshda edim, u paytlar ota-onam qaramog‘ida bo‘lganman. Daromad qila boshlab o‘zimga so‘nggi rusumdagi telefonlar, quloqchin, kabi turli aksessuarlar sotib ola boshladim. 17 yoshlarimda butunlay moliyaviy mustaqil bo‘ldim. 18 yoshimdan endi men ota-onamni ta’minlay boshladim. Meni doim qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ota-onamdan doimo minnatdorman.

— Frilans sen uchun emasligini qanday tushunib yetish mumkin?

— Tizimlilik, barqarorlikni sevuvchi kishi bo‘lsangiz, avantyurist bo‘lmasangiz, demak frilanslik siz uchun emas. Chunki frilanslikda unaqa narsalar yo‘q: siz hech qachon har kuni bitta ishni bajarmaysiz. Agar siz dasturchi bo‘lsangiz, ofisda ishlab turib yangi texnologiya, arxitektura va boshqalarga o‘rganishingiz kerak bo‘lmaydi. Siz turg‘unlik, barqarorlikni istasangiz, frilans birjasiga qarab o‘tirishingizdan aslo naf yo‘q. Frilanslik avantyurist, doimiy, har tomonlama o‘sishni istaydigan kishilar uchun.

— Frilanser — bu “aytichimi”?

— Yo‘q. Yuqorida ham aytganimdek, frilans-dizayner, jurnalist, kopirayter, marketolog, huquqshunos bo‘lishi mumkin. Bu aynan IT bo‘lishi shart emas. Ammo asosan, eng ko‘p tarqalgan frilanserlar aynan IT mutaxassislari. O‘zim IT mutaxassisi bo‘lganim va shu soha vakillarini ko‘p uchratganim uchunmi, meni atrofimda faqat “aytichi” frilanserlar.

— Yaxshi frilanser yomonidan qanday farq qiladi?

— Yaxshi frilanser – bu muammoni hal qiluvchi kishi — «problem-solver». Kishilar unga biror bir xizmatga doir muammolarini aytishadi, u hal qiladi. Shu o‘rinda frilanser daromad ham qiladi. Ko‘p frilanserlar eng yaxshi, madaniyatli va tartibli yo‘llar bilan daromad qilishadi. Kimdir sizdan nimadir qilishingizni kutganida uni kitganidan ortiq tarzda yetkazib berishingiz lozim, zero shunday qilibgina o‘sib borasiz. Juda ko‘p frilanserlar yetarli ko‘nikmaga ega bo‘la turib berilgan buyurtmani ko‘ngildagidek bajara olishmaydi. Bunaqa qilish kerak emas. Vazifa oldingizmi uni a’lo darajada ado eting.

— Kun kelib frilanslikdan butunlay ketasizmi?

— Ha, men allaqachon frilanslikdan chiqqanman. Ayni paytda o‘zimning dasturchilar maktabim bor. Bu yerda biz dasturchilar, front-enf, back-end dadturchilari va boshqalarni tayyorlaymiz. Kurslarimizda talabalarga frilanslik faoliyati, uning salbiy va ijobiy taraflarini ko‘rsatamiz, ishga joylashish, rezyume yozish, ish topish borasida ko‘nikmalar beramiz. Talabalarimizga ishga joylashishi hamda shu sohada o‘z o‘rnini topishida ko‘magimizni ayamaymiz. So‘z kelganda aytaman, Monday Academy hozirda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

— Python (5 oy 400 ming so‘m.); http://macademy.uz/python/ru

— Frontend / React.js (4 oy 400 ming so‘m.); http://macademy.uz/frontend/uz

— Kompyuter grafikasi (3 oy 400 ming so‘mdan). http://macademy.uz/design/ru

Akademiyamizda dasturchi yoki UI/UX dizayneri bo‘lib yetishish ham mumkin.

Shuningdek, Monday Labs kompaniyasiga asos soldim, ayni paytda biz autsorsing bilan shug‘ullanmoqdamiz. Men yolg‘iz ishlamayman, dasturiy ta’minotni buyurtmaga ishlab chiqadigan guruhim mavjud. Bir vaqtning o‘zida Monday Academy’da kadrlarni tayyorlash bilan mashg‘ulmiz.

— Frilans olami va doimiy ish o‘rnidagi raqobat qanchalik farq qiladi?

— Farq bor. Doimiy ishga joylashish frilanslikda mijoz topishdan biroz qiyinroq. Doimiy ishing bo‘lsa-yu mijoz topsang, hech narsani o‘ylamaysan, ishingni yakunlab daromad qilaverasan. Frilanslikda bu holat doimiy mijoz izlash, ularni sen xizmatni arzonroq, sifatliroq, aniqrog‘i qimmat bo‘lsa-da a’lo dadajada bajarishingga ishontirishing kerak bo‘ladi. Mening fikrimcha, frilanslik bozorida raqobat bir muncha kuchliroq. Frilanser o‘z reputatsiyasi ustida ishlashi, portfoliosini kengaytirishi, yangi mijoz topishi kerak. Mijoz yo‘q — daromad yo‘q.

— Frilanserni O‘zbekistonda qanday istiqbollar kutib yuribdi?

— Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar frilanser bo‘lishingiz mumkin. Menimcha, O‘zbekistonda yashab turib frilanser bo‘lish Rossiya, Yevropa yoki Amerikadagiga nisbatan ko‘proq naf keltiradi. Chunki hamma bir xil daromad qiladi. Olayotgan haqingiz tajribangiz va darajangizga ko‘ra bo‘ladi, joylashgan manzilingiz emas. Shuning barobarida, yashayotgan joyingiz xarajatlaringizga ta’sir qiladi. O‘zbekistonda yashash arzonroq. Bu yerda frilanser daromadi bilan yaxshi yashashning iloji bor. Aksincha, shu daromad bilan Amerika yoki Yevropa davlatlarida yetarlicha xarajatlaringizni qoplay olmasligingiz mumkin. Shu tarafdan O‘zbekiston frilanserlik uchun qulay hudud.

Frilans barcha uchun emas, ammo sinab ko‘rishga arziydi! Mazkur maqola buning yaqqol misoli bo‘la oladi. Frilanslik wo‘shimcha daromad keltiruvchi, bir xil kunlaringizga o‘zgarish olib kiradigan o‘ziga xos tayanch bo‘la oladi. Ammo u doimiy emas, u bilan yoki yaxshi ishlaysiz, yoki umuman daromad qilolmaysiz. O‘zbekiston hududida mazkur soha endi rivojlanib, kengayib bormoqda, uzoq uyqudan uyg‘onyapti. Har qanday holda ham, IT sohasida ilg‘or, har taraflama texnologik rivojlangan davlatda yashashni istar ekanmiz frilanslik bo‘lishi lozim.

Tavakkal qiling, sinab ko‘ring, erkin harakat qiling va “frilans” deb atalamish so‘zdan qo‘rqamang.

Monday Academy sayti: http://macademy.uz

Saidravshan Shakirov instagram sahifasi: said.ravshan

Kurslar haqida batafsil ma’lumot olish uchun: +99893 622 40 20

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq