Future Skills Uzbekistan Respublika IT olimpiadasiga roʻyxatdan oʻtish yakunlari
07.09.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yilning 2-sentyabr kunida, soat roppa-rosa 00:00 da Future Skills Uzbekistan Respublika IT olimpiadasiga roʻyxatdan oʻtish toʻxtatildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi, IT Park, Artel Group, RevoTech va Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabi bilan hamkorlikda «Future Skills Uzbekistan» Respublika tanlovini tashkil qilgandi.

Loyihaning asosiy maqsadi qobiliyatli yoshlarni va Oʻzbekiston robototexnika sohasidagi istiqbolli loyihalarni aniqlash. Olimpiada yakunlariga koʻra, eng yaxshi loyihaga ega boʻlgan ishtirokchilar qimmatli sovgʻalardan tashqari, oʻz loyihasini amalga oshirishda koʻmak olishlari mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 115 ta jamoadan (188 ishtirokchi) arizalar qabul qildik Shulardan:

— Erkaklar – 184 ishtirokchi;

— Ayollar — 4 ishtirokchi;

— 15 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar 59%;

— 16 dan 30 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar 41%.

Viloyatlar/shaharlar boʻyicha:

— Toshkent – 26 jamoa;

— Qashqadaryo viloyati – 21 jamoa;

— Toshkent viloyati — 11 jamoa;

— Samarqand viloyati – 10 jamoa;

— Fargʻona viloyati – 9 jamoa;

— Andijon viloyati – 7 jamoa;

— Buxoro viloyati – 7 jamoa;

— Namangan viloyati — 6 jamoa;

— Qoraqalpogʻiston – 5 jamoa;

— Jizzax viloyati – 4 jamoa;

— Surxondaryo viloyati – 2 jamoa;

— Xorazm viloyati – 2 jamoa;

— Sirdaryo viloyati – 1 jamoa.

Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz loyihalarini taqdim qilishlari lozim boʻladi:

— Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari;

— Sanoatni avtomatlashtirish;

— Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;

— Logistikani avtomatlashtirish;

— Mashinasozlik;

— Avtomobilsozlik;

— 3D modellashtirish va prototiplashtirish.

Robototexnika yoʻnalishlari:

— Tibbiyot robotlari;

— Maishiy robotlar;

— Manipulyatorlar;

— Androgen robotlar;

— Robosimulyatorlar.

Tanlovning birinchi bosqichi 2020-yilning 2-sentyabridan 2-oktyabriga qadar boʻlib oʻtadi.

Eng yaxshi loyihalar final bosqichiga yoʻl oladilar.

Birinchi bosqich yakunida ishtirokchilar muhandislik kitoblari va taqdimotlarining oxirgi versiyasini, shuningdek, loyiha barcha qoʻshimcha materiallarni (foto, video, sxema va bosh.) yuborishlari lozim.

Agar jamoa bir vaqtning oʻzida bir nechta loyihalarni tayyorlagan boʻlsa, har bir loyiha uchun alohida muhandislik kitobi va taqdimotini yuborishlari kerak boʻladi (har bir loyiha tanlovda alohida qatnashadi).

Loyihalarni yuborishning oxirgi muddati: 2020-yil 17-sentyabr.

Olimpiada gʻoliblari quyidagi koʻrinishdagi qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻladilar:

— LEGO Mindstorm;

— Arduino;

— Studica toʻplami(World Skills);

— Noutbuk;

— Smartfon.

Kontakt maʼlumotlari:

Telegram: @it_center_uz

Еmail: info@incenter.uz

Sayt: www.futureskills.uz

Telefon: +998 90 178-00-03

Loyihalarni yuborish uchun telegram profili: @FSUz2020

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq