Navoiy viloyatida radio teleuzatish tizimlari modernizatsiya qilinmoqda
04.09.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda televizor, televideniye, teleradio dasturlar hayotimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Gohida tevizor qarshisida kun bo‘yi o‘tiramiz, lekin bir murvatni bosish orqali namoyish etilayotgan teledasturlar ortida, televizion signallarni uzatish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar borligini tasavvur kilish kiyin.

Biz tomosha qilayotgan chiroyli tasvirlarni sifatli qilib yetkazib berishda radio teleuzatish stansiyalarida xizmat qilayotgan fidoyi insonlarning zahmatli mehnati yotibdi. Teleradio to‘lqinlar yigirmanchi asrning noyob kashfiyotlaridan biridir. Radio teleuztish stansiyalari va texnologiyalari ham yil sayin taraqqiy etib bormoqda.

Fikrimizni Navoiy misolida davom ettiramiz. Ushbu viloyat mamlakatimizdagi eng katta hududlardan biri hisoblanadi. Navoiy radiotelevizion uzatish markaziga qarashli Langar radio teleuzatish stansiyasi (RTS) Nurota tog‘ tizmasining dengiz sathidan ikki ming metr balandikdagi cho‘qqisida qurilgan. Vaqtinchalik qurilgan texnik binoda kam quvvatli teleuzatgich, uzatish va qabul qilish antennalari, 12 metrli “qo‘lbola” teleminorada o‘rnatilib, 1959-yili ishga tushirildi. 1963-1964 yillarda texnik bino kengaytirilib, kam quvvatli teleuzatgich o‘rniga, yuqori quvvatli teleuzatgich o‘rnatilib ishga tushirildi.

1974-yili Langar RTSni qayta jihozlash maqsadida, ikki qavatli texnik bino va balandligi 44 metrlik teleminora qurilishi boshlandi. Qurilish ishlari tugallanib, ma’nan eskirgan teleuzatgichlar o‘rniga zamonaviy katta quvvatli teleuzatgichlar o‘rnatildi va 1978-yili ishga tushirildi. Natijada yuqorida qayd etilgan viloyatlar hududida teledasturlar bilan qamrov doirasi kengaydi va rangli teleko‘rsatuvlar sifati yaxshilandi. Langar RTS baland tog‘ cho‘qqisida joylashganligi sababli nafaqat viloyat aholisini, balki Samarqand va Buxoro viloyatlari aholisining ham bir qismini raqamli teledasturlar bilan ta’minlamoqda.

2003-2005 yillarda Langar RTSda lampali teleuzatgichlar o‘rniga yarim o‘tkazgichli Yaponiyaning NEC firmasida ishlab chiqarilgan, suyuqlik bilan sovutiluvchi 2ta yuqori quvvatga ega bo‘lgan televizion uzatgichlar va AQShning “HARRIS” firmasida ishlab chiqarilgan 2ta yuqori quvvatga ega bo‘lgan radiouzatgichlar o‘rnatildi.

2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari asosida “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasi asosida Langar RTSda Yaponiyaning NEC firmasida ishlab chiqarilgan DVB-T2 standartidagi va Germaniyaning «Rohde-Schwarz» firmasida ishlab chiqarilgan yuqori quvvatga ega bo‘lgan 3ta raqamli teleuzatgichlar kompleksi o‘rnatildi. Natijada viloyat aholisini raqamli teledasturlar bilan ta’minlanishi 100% ga yetkazildi.

Bugungi kunda, Langar RTSdan 22ta SD formatda va 3ta HD formatda raqamli teledasturlar hamda 3ta FM diapazonda ishlovchi radiodasturlar tarqatilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 iyulda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida berilgan topshirig‘iga asosan, Langar RTS uchun Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqilgan bitta zanjirli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositasi xarid qilindi va 2020 yil yanvar oyida olib kelinib Langar RTSga yetkazildi.

Mazkur maxsus avtotransport vositasi bilan murakkab tog‘ yo‘lida joylashgan Langar RTSda o‘rnatilgan barcha texnik qurilmalarni uzluksiz va barqaror ishlashi, ishchi xodimlarni ob’ektga kelib-ketishiga, ob’ekt faoliyati uchun zarur bo‘ladigan qurilma va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini tashish xizmatlari amalga oshirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq