Huawei kompaniyasi Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi
31.08.2020
Rukn: Tadbirlar. Teglar:
Muallif: .

Oʻzbekiston bundan 29 yil oldin Mustaqillik yoʻliga qadam qoʻygan edi va shu davr davomida mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi borasida juda katta yutuqlarga erishildi. Huawei kompaniyasi esa respublikada 20 yildan beri oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda va bu ham oz muncha muddat emas. Oʻtgan mana shu yillar davomida kompaniya Oʻzbekistonning AKT infratuzilmasini rivojlantirish va mustahkamlashda oʻzining ulkan hissasini qoʻshdi. Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda C&C08 uskunalarini yetkazib berish va Toshkent shahrida avtomat telefon stansiyalarini kengaytirish boʻyicha ilk loyihalardan tortib 2G, 3G, 4G tarmoqlarini oʻrnatish boʻyicha barcha aloqa operatorlari bilan hamkorlik qilishgacha boʻlgan aloqa tarmoqlarini rivojlantirish ishlarida, shuningdek, beshinchi avlod aloqalarini ishga tushirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etdi. Muhim loyihalarni amalga oshirish 2000-yilda boshlangan edi, ammo birinchi vakolatxona 1999-yilda ochilgan boʻlib, oʻsha vaqtda kompaniya ofisida besh kishi faoliyat yuritar edi. Dastlabki yillarda Huawei xodimlari ofis anjomlarini sotib olishdan tortib, uskunalarni oʻrnatishgacha boʻlgan barcha ishlarni oʻzlari bajarishgan. Bugungi kunga kelib esa, Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda oʻzining 300 dan ortiq xodimlariga ega boʻlish bilan birga, oʻz faoliyatini amalga oshirish borasida koʻplab pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilmoqda.

Uzoq vaqt davomida bizning kompaniyamiz faoliyati faqatgina AKT sohasida bevosita band boʻlgan odamlargagina maʼlum boʻlgan boʻlsa-da, Huawei kompaniyasi har doim AKT koʻrgazmalarining faol ishtirokchisi, shuningdek, Oʻzbekistonda IT mutaxassislarining axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar va treninglar tashkilotchisiboʻlib kelgan. Biz 2007-yilda AKT koʻrgazmasi paytida amalga oshirilgan birinchi 3G qoʻngʻirogʻi yoki nafaqat Oʻzbekiston mutaxassislari, balki qoʻshni davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etgan WiMax & IMS Road Show tadbiri doirasida olib kelingan birinchi koʻrgazma konteyneri kabi xotirada qoluvchi lahzalarni hanuzgacha qadrlaymiz. Bizning brendimiz 2011-yil Huawei smartfonlari Oʻzbekiston bozorida ilk marta paydo boʻlgandan boshlab keng doiradagi foydalanuvchilarga maʼlum boʻldi.

Bugungi kunga kelib, biz Oʻzbekistonning koʻplab oʻquv muassasalari bilan doʻstona aloqalar oʻrnatishga muvaffaq boʻldik va biz taʼlim tizimini raqamlashtirish boʻyicha ish olib borishga va mamlakatimiz yoshlarining axborot texnologiyalarini oʻrganishga astoydil qiziqib qolishlari uchun imkoniyat yaratib berishga tayyor ekanligimizni bildiramiz. Bizning “Seeds for the Future” yoki Honor Cup 2020 musobaqasi kabi taʼlim loyihalarimiz AKT sohasidagi yosh isteʼdodlarning bilim darajasini oshirish va salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Bizning mutaxassislarimiz va yechimlarimiz, shuningdek bulutli hisoblash tizimlari, maʼlumotlar markazlarimiz, Sunʼiy Intellekt va “aqlli” shaharlar sohasidagi toʻplagan tajribamiz doimo respublikaning butun imkoniyatlarini ochib berishga har doim tayyor. Bundan 20 yil avval boʻlgani kabi, biz “Oʻzbekiston uchun, Oʻzbekiston manfaati uchun” oʻz faoliyatimizni yuritishda davom etamiz.

Huawei kompaniyasi nomidan mamlakatning barcha aholisini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman va Oʻzbekistonning yanada ravnaq topishini va barcha koʻzlangan maqsadlariga erishishini tilayman.

Forrest Lyu, Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq