AKT vazirligi jamoasi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo’ydilar
31.08.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo’ydilar.

Xalqimiz uchun qadrli va ulug’ bayramlarda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo’yish marosimi yaxshi an’anaga aylangan. Mustaqillik maydoni xalqimiz ozodligining, ajdodlarimiz asrlar davomida orziqib kutgan va muttasil intilib yashagan, bugungi avlodlarga nasib etgan eng ulug’, eng aziz ne’mat bo’lmish istiqlolimizning muqaddas ramzidir. Shu bois, bu muazzam maydon majmuasi bizni doimo yuksak marralar sari chorlab turadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq