ImtihonGo mobil ilovasining imtihonlar o‘tadigan joylarning geomanzillari yangilanib, Google Play’ga joylashtirildi
30.08.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan joylarning geomanzillarini ko‘rsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratilgan edi.

Xabaringiz bor, pandemiya sababli, test sinovlari o‘tkazilishi muddati va joylari o‘zgardi.

Joriy yilning 2-sentyabridan boshlab mamlakatimizda ochiq maydonlarda – stadion va xiyobonlarda imtihonlar o‘tkazilishi belgilandi. Shu boisdan ilovaga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

“ImtihonGo” mobil ilovasi yordamida abituriyentlar:

— imtihon bo‘ladigan stadion yoki xiyobon manzilini tez va oson topa olish imkoniyatiyaga ega bo‘ladilar;

— imtihon vaqti va joyi haqidagi xabarnomani olish;

— Davlat test markazining abitur.dt.uz hamda qabul.dtm.uz rasmiy veb-saytlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish mumkin.

Ushbu ilova abituriyentlar uchun o‘ziga xos ko‘mak va madad bo‘la oladi.

Ilova mualliflari TATU magistri G‘. Nazarov hamda «Radio va mobil aloqa» fakulteti talabasi H. Baxtiyorovlardir.

Ayni vaqtda mobil ilova Google Play’ga joylashtirilgan.
Mamlakatimizdagi OTMlarga kirish uchun imtihon topshirish istagida yurgan abituriyentlar mobil ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin:

Yuklab olish

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq