«Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni e’lon qilindi
29.08.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni e’lon qilindi.

Farmonga ko’ra Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nasibaxon Ismailova, Gurlan tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi muhandisi Sergey Li “Do‘stlik” ordeni bilan, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Namangan filiali kapital qurilish va ta’mirlash uchastkasi elektromontyori Sayfidin Mirdadayev “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Farg‘ona viloyati elektromagnit moslashuv xizmati muhandisi Oleg Aksenov, Urganch pochta aloqasi bog‘lamasi bo‘lim boshlig‘i Umida Radjapova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Bu esa, o‘z navbatida, axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng islohotlar natijasida erishgan yutug‘larning va shu tufayli hukumat tomonidan Vatanga sadoqat bilan xizmat ko‘rsatgan ibratli faoliyating yuqori baholanganining yaqqol isbotidir.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi mazkur sohada fidoyi xizmat ko‘rsatgan hamkasblarimizni ushbu davlat mukofot bilan tabriklaydi. Ezgu ishlarida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar, yaqinlariga sihat-salomatlik va baxtu-saodat tilab qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq