Startap tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri ochiq deb e’lon qilinadi
28.08.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Davom etayotgan pandemiya odamlar va tashkilotlar hayotining barcha sohalariga taʼsir etib, oʻzgarishlarni tezlashtirish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy qilish zarurligini koʻrsatmoqda. Pandemiya davrida odamlar hayotida, odatlari va istaklarida misli koʻrilmagan oʻzgarishlar roʻy bermoqdi. Bu esa oʻz navbatida, bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan sohalarga taʻsir oʻtkazmay qolmadi. Pandemiya taʻsirini kamaytirish boʻyicha bizning taklifimiz – Startap tashabbuslari.

Texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni rivojlantirishda startuplar hayotiy muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida innovatsion tadbirkorlik (startaplar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, “Startap tashabbuslar” ni qoʻllab-quvvatlash dasturi birinchi marta onlayn formatda oʻtkaziladi. Ushbu format barcha ishtirok etuvchi jamoalar uchun ajoyib amaliyot hamda raqamlashtirish sari amaliy qadamdir.

Pandemiya jiddiy taʼsir koʻrsatadigan sohalardan biri bu bandlik sohasi boʻlib, hozirgi iqtisodiy munosabatlar qayta shakllanayotgan bir paytda iqtisodiyot tiklanishi bilan baʻzi ish oʻrinlari yoʻq bo’lib ketishi mumkin. Shu sababli, bu yil “Startup tashabbuslari” dasturi bilim almashish va mutaxassislar hamda texnologik loyihalarni yangi iqtisodiy realliklarga, jumladan, biznesni oʻzgartirish, ilm-fan, taʻlim va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga tayyorlash boʻyicha platforma vazifasini oʻtaydi.

Oʻzgaruvchan pandemiya davrida isteʼmolchilar shartlari va afzalliklari biznes jarayonlari hamda korxonalar va tashkilotlarning infratuzilmasiga jiddiy taʼsir oʻtkazib, ularni xarajatlarni kamaytirishga va yangi ish usullarini izlashga undaydi. Dastur yangi texnologiyalar va ishlanmalar uchun soʻrovnomalar shaklida qayta aloqa oʻrnatish orqali korxona va tashkilotlarga xarajatlarni kamaytirish, asosiy biznes jarayonlarini raqamlashtirish va muammolarni hal qilish uchun xodimlarni qidirishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilda dastur oʻz ishini Respublikaning barcha viloyatlarida, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida tashkil etiladi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, ularning joylardagi hududiy bo’linmalari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Yakuniy namoyish/taqdimotlar natijalariga koʻra, mamlakat miqyosidagi eng yaxshi 40 loyiha egalari oʻz startaplarini amalga oshirish uchun 50 million soʻmgacha (har bir viloyatdan 3 tagacha loyiha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyiha) maqsadli grantlar bilan taqdirlanadi. Grantlar “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi va BMT ning Oʻzbekistondagi taraqqiyot dasturi tomonidan Yaponiya hukumati moliyalashtiradigan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.

“Startap tashabbuslar” ni qoʻllab-quvvatlash dasturi 5 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va joriy yil BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari vazirligining “Oʻzbekistonda yoshlar bandligiga koʻmaklashish” qoʻshma loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy koʻmagi asosida  amalga oshirilmoqda.

Qoʻllab-quvvatlash dasturi, loyihalarni saralash mezonlari va ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni  www.startupinitiatives.uz sahifasidan olishingiz mumkin. Arizalar 2020-yil 16-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Muhim sanalar:

Tanlov haqida eʼlon: 17.08.2020

Arizalarni qabul qilish: 16.09.2020 gacha

Arizalarnin baholanishi: 30.09.2020 gacha

Dastur boshlanishi: 01.10.2020 dan

Muhim havolalar:

Qoʻllab-quvvatlash dasturi haqida batafsil maʻlumot uchun: http://startupinitiatives.uz/

Qoʻllab-quvvatlash dasturi yangiliklarini kuzatib boring:

Facebook: https://www.facebook.com/startupuzb/
Telegram: https://t.me/startup_initiatives

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq