Mard o‘g‘lonlar taqdirlandi
28.08.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz tarraqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, halq manfaati va yurt istiqboli uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan bir necha fidoiy va mard o‘g‘lonlarimiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Taqdirlangan yoshlar orasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali birinchi bosqich magistri Farrux Qodirov ham borligi quvonarlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Farrux Qodirovni ushbu yutuq bilan tabrikladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq