Samarqandda telekommunikatsiya infratuzilmasi zamon talablariga moslashtirilmoqda
27.08.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi” doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, 2020-yil davomida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi, 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.

Joriy yil boshidan shu kungacha internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 490 mingta port o‘rnatilib, ularning umumiy soni 2,5 millionga yetkazildi. Optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar joriy yilda kariyb 9 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Optik aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 45,3 ming kilometrdan oshdi.

Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni Samarqand misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, viloyat bo‘yicha 871 kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi hamda viloyat bo‘yicha jami yotqizilgan optik tolali aloqa kabellari uzunligi 3 900 km.ga yetdi.

Yil yakuniga qadar 600 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa kabellarini yotqizish, keng polosali portlar sonini 50 mingdan ziyodga oshirishi rejalashtirilgan.

Viloyat bo‘yicha montaj sig‘imi 37 mingdan oshadigan 101 ta kichik mini stansiyalar o‘rnatildi. Natijada, ATSlarning umumiy sig‘imi 148,7 taga yetkazildi. 97,2 mingta abonent ulash imkoniyatiga ega bo‘lgan 52 ta zamonaviy OLT telekommunikatsiya qurilmalari va montaj sig‘imi 8,4 mingtaga teng bo‘lgan 506 ta SWITCH qurilmalari o‘rnatildi. Natijada, keng polosali portlarning umumiy sig‘imi 273,9 mingtaga yetkazildi.

Optik tolali aloqa kabellarini yotqizish, ATSlar sig‘imini va keng polosali Internet portlari sig‘imini oshirish uchun jami 57,08 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Harakatlar strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida ijtimoiy soha ob’ektlari, umumta’lim maktablarini 80 foiz, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini yil oxirigacha 100 foiz tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.

Yarim yil davomida viloyatdagi 214 ta xalq ta’limi ob’ektlari, 237 ta maktabgacha ta’lim ob’ektlari va 111 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlariga optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Natijada, 863 ta ijtimoiy soha ob’ektlarigacha 1 049,2 kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizilib Internet tarmog‘iga ulangan xalq ta’limi ob’ektlari soni 428 tani, maktabgacha ta’lim ob’ektlari soni 276 tani va sog‘liqni saqlash ob’ektlari soni 159 tani tashkil etdi. Bajarilgan ishlarning loyiha qiymati 16,78 milliard so‘mni tashkil etdi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan 2020-yilning 1-yarim yilligi davomida 95 ta baza tayanch stansiyalari ishga tushirildi va 187 ta baza tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi. Natijada jami o‘rnatilgan baza stansiyalarining soni 2 446 taga yetdi va Samarqand viloyatidagi aholi punktlarining 98,9 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Yarim yil davomida baza stansiyalarni o‘rnatish va modernizatsiya qilish loyihalarining umumiy qiymati 150,77 milliard so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlari hajmi 331,2 milliard so‘mni tashkil etdi (o‘sish 109,4 foiz). Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalar soni esa 40 taga oshib, jami 448 tani tashkil qilmoqda.

Yil yakuniga qadar 423 ta xalq ta’limi, 301 ta maktabgacha ta’lim va 170 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlarigacha optik tolali aloqa kabellarini yotqizish va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash, 135 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish va 225 tasini modernizatsiya qilish, 15 ta shahar va tumanlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bularning bari viloyat aholisini sifatli aloqa bilan ta’minlash bilan birga, masofaviy davlat xizmatlari, tadbirkorlik sohasining bevosita rivojlanishiga turtki beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq