Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga start berildi
24.08.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugun 24-avgust Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga start berildi. Ushbu tadbir 24-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi.

Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalar haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilish.

Besh kun davom etadigan mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga quyidagi zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha master klass o‘tkaziladi: veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika hamda frilans.

Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, mazkur tadbirda AKT sohasidagi nufuzli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalar bilan o‘rtoqlashadi. Ularning qatorida Angry Birds mobil o‘yini asoschilari, Google kompaniyasi rivojlantiruvchi ekspertlari va yirik IT loyihalarning rahbarlari qatnashadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq