Siz ayollar tadbirkorligini rivojlantirish tarafdorimisiz?
19.08.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Biz – ha!

Aynan shu sababli, IT Park USAID ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi koʻmagida ayollar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tumaris Tech loyihasini ishga tushiradi. Loyiha doirasida ayollar oʻz startap loyihalarini rivojlantirish uchun koʻmak olishlari mumkin boʻladi. Darhaqiqat, loyihalar bepul inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali amalga oshiriladi va kelgusida rivojlanish uchun koʻnikmalar shakllantirib boriladi.

Loyiha ayollarni kuchaytirilgan tarzda ICT ekotizimiga jalb qilishga qaratilgan: frilanser sifatida ishlashni istovchi ayollarga taʼlim jarayonlarini tashkil qilib berish hisobiga BPOʼni (Business Process Outsourcing) rivojlantirishdan tortib, startaplarni rivojlantirish va investitsiyalarga oʻqitishgacha.

Bu Oʻzbekiston uchun juda ham zarur, sababi ayni damda jinsiy tengsizlik boʻyicha sezilarli muammolar mavjud boʻlib, bu ITʼdagi barcha sohalarda ishlovchi ayollar qatlami juda siyrak ekanligida yaqqol namoyon boʻladi.

Shuningdek, trekerlik/mentorlik institutidan foydalanish ham koʻzda tutilmoqda. Har ikki loyiha uchun jamoani yetaklovchi va qoʻllab-quvvatlovchi, kerakli maslahatlar berib boruvchi bitta treker/mentor ajratiladi.

Asosiysi esa, Oʻzbekistonda startap ekotizimini va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning puxta mexanizmi ishga tushirilgan taqdirda, eng muvaffaqiyatli gʻoyalar moliyalashtirishga ega boʻlishi, shuningdek, ishtirokchilarning bir qismi kelajakda oʻzlari investitsiya qila olishlari uchun oʻquv jarayonlaridan oʻtishlari mumkin.

Qolaversa, nomoddiy yordam uchun – OBCE dan tortib Xotin-qizlar qoʻmitasigacha – qoʻshimcha hamkorlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Qiziqdingizmi?

Unda yanada batafsil maʼlumotga ega boʻlish uchun havola boʻyicha oʻting: https://tumaris.tech/

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq