Algoritmik dasturlash va sunʼiy idrok RuCode onlayn festivali
19.08.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 31-avgust kuni algoritmik dasturlash va sun’iy idrok RuCode ikkinchi oʻquv festivali oʻz faoliyatini boshlaydi. Festival Rossiyaning oʻn besh hududida yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanuvchi Moskva fizika-texnika instituti, Prezident grantlari jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladigan Rossiya Prezidentining grantidan foydalangan holda fizika maktablarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda IT Park tomonidan tashkil etilmoqda.

Festival ishtirokchilari uchun uchta onlayn kurs tayyorlandi:

  1. Sport dasturlash uchun C/C++ asoslari

Dasturda: oʻzgaruvchilar, shartli operatorlar, sikllar, massivlar, funksiyalar, murakkab maʻlumotlar tuzilmalari, bit operatsiyalari va raqamli tizimlar.

Kursga qiyidagi havola orqali yozilish mumkin: https://stepik.org/course/64454

  1. “Sport dasturlashda tezkor start”

Dasturda: asosiy algoritmlar, sonlar nazariyasi, dinamik dasturlash, grafik nazariyasi.

Kurs boshlanish sanasi: 31-avgust

  1. “Sunʻiy idrokda tezkor start”

Kurs boshlanish sanasi: 31-avgust

Festival oʻz faoliyatini ikki yangi kurslar: “Sport dasturlash uchun C/C++ asoslari” va “Sunʻiy idrokda tezkor start” bilan boshlaydi. Ushbu qism uchun bir oy muddat ajratiladi. Shundan soʻng, har bir ishtirokchiga ikki yoʻnalish: algoritmik dasturlash va sunʼiy idrok boʻyicha interaktiv intensiv dasturlarga tanlov uchun test sinovlarida qatnashish taklif etiladi. Algoritmik dasturlash boʻyicha yakuniy trek masovafiy chempionat tarzida oʻtkaziladi. Chempionat 4-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Sunʼiy idrok boʻyicha intensiv ishtirokchilarning eng yaxshi yechimlari taqdimoti 3-oktyabr sanasida boʻlib oʻtadi.

Festival Vladivostok, Yekaterinburg, Ijevsk, Irkutsk, Qozon, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Perm, Saratov, Chita, Tomsk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod va Toshkent shaharlari universitet hamda hamkor tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oʻtkaziladi.

“Bahorda biz ilk RuCode festivalini oʻtkazdik va unda algoritmlar hamda sunʼiy idrokka, ayniqsa, bitiruvchilar va oʻsmirlar oʻrtasida qiziqish kattaligini guvohi boʻldik. Festivalning eng yoshi katta ishtirokchisi 50 yoshda edi. RuCode ning kuchli komponenti – bu, taʼlimning turli xil yondashuvlarini birlashtirgan yetakchi rus universitetlarining hamkasblari oʻrtasidagi hamkorlik hamda dolzarb vazifalarni oʻrtoqlashib, musobaqaning ahamiyatini va amaliy masalalarini shakllantirgan IT-sanoat va davlat muassasalari rahbarlaridir,” – deydi Aleksey Maleev, MFTI masofaviy dasturlar direktori, Moskva Workshops asoschisi.

2020-yil bahorida RuCodeFestival 13 ming nafar oʻquvchi, talaba va oʻsmir ishtirokchilarni birlashtirdi. Birinchi bosqichda ular algoritmlar asoslari boʻyicha “Sport dasturlashda tezkor start” bepul onlayn kursini tamomladi. Qizgʻin bahslarda 17 mamlakatdan 1,5 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular sunʼiy idrok va sport dasturlari boʻyicha ikkita bosqichdan alohida-alohida oʻtishdi. Finalda ishtirokchilar onlayn taqdimot shaklida sunʼiy idrok vazifalari boʻyicha 25 ta eng yaxshi yechimlarni taqdim etdilar. Bundan tashqari, 2000 dan ortiq ishtirokchilar algoritmik dasturlash treki boʻyicha raqobatlashdi.

Kurslar oʻrta umumtaʻlim maktab oʻquvchilari va texnik mutaxassisliklar boʻyicha kichik kurs talabalari uchun moʻljallangan.

Festival ishchi tili: rus tili

RuCode festivalida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting:

https://rucode.net/lk/login/index.php

Kurslarning toʻliq dasturi, jadvali va tavsifi haqida batafsil maʼlumotlarni tadbirning rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin: https://rucode.net
Tashkilotchilar tomonidan dolzarb axborot va yangiliklarni tezkor olish uchun festivalning Telegram kanaliga aʼzo boʻling:

Telegram-channel: https://t.me/rucode2020

Telegram-chat: https://t.me/rucodechat

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq