Huawei, AKT sohasidagi “Honor Cup 2020″ Yevrosiyo tanlovinieʼlon qildi
17.08.2020
Rukn: Texnologiya. Teglar:
Muallif: .

Huawei kompaniyasi AKT sohasidagi “Honor Cup 2020” Yevrosiyo tanlovining boshlaganini eʼlon qildi. Honor Cup – bu AKT sohasida faol rivojlanayotgan iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish va talabalarning mustaqil oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan yaratilgan taʼlim loyihasi. Oʻtgan yili tanlovda 1000 ga yaqin universitetlardan 15000 nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan. Bu yil tanlov 1-avgustdan 4-dekabrgacha davom etadi.

Honor Cup oltinchi marotaba oʻz ishtirokchilarga bilimlarini sinab koʻrish, malakalarini oshirish, shuningdek Huawei kompaniyasidan imtiyozlar va sovgʻalar olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Tanlovga Rossiya, Belarusiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Turkmaniston, Gruziya va Ozarbayjondan 2020-yilning oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining 18 yoshdan oshgan talabalari, aspirantlari va muassasalar bitiruvchilari taklif etiladi.

Oʻzining Yevrosiyo mintaqasidagi 20 yildan ortiq faoliyati davomida Huawei kompaniyasi har doim oʻzi ish olib borayotgan mamlakatga koʻproq foyda keltirish qoidasiga amal qilib keldi. Shuningdek, “Oʻzbekistonda, Oʻzbekiston manfaati uchun” konsepsiyasiga va mahalliylashtirish tamoyiliga amal qilgan holda, kompaniya Oʻzbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun AKT sohasida oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻz bilim va koʻnikmalarini baham koʻrishga intilmoqda.

Yevrosiyo mintaqasidagi Huawei kompaniyasining vitse-prezidenti U Say shunday dedi: “Honor Cupʼning asosiy maqsadi – ishtirokchilarni mustaqil ravishda oʻrganishga, keyinchalik oʻzlari innovatsion loyihalarda qoʻllashlari mumkin boʻlgan yangi bilim va malakalarni egallashlariga qiziqtirish. Biz kadrlar tayyorlash Yevrosiyoda yagona raqamli hamjamiyatni barpo etishdagieng muhim elementlardan biri deb hisoblaymiz. Honor Cup singari koʻrik-tanlovlar yordamida biz isteʼdodli mutaxassislarga nafaqat jahon darajasidagi zamonaviy texnologiyalarni oʻrganishlari, balki ularning bu mintaqadagi har bir mamlakatning raqamli kelajagini qoʻllab-quvvatlaydigan innovatsion yechimlarni yaratishlari uchun imkoniyat berishga intilamiz”.

Huawei kompaniyasi tanlovga tayyorgarlik koʻrishda, AKTning hozirgi vaqtda eng dolzarb va eng koʻp talabga ega boʻlgan barcha yoʻnalishlarini qamrab olishga intilmoqda. Shuning uchun nominatsiyalar roʻyxati har yili oʻzgarib turadi. Bu yil ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻz kuchlarini sinab koʻrishlari mumkin:

  • 5G (yangi avlod mobil aloqa texnologiyalari va standartlari) – nominatsiya ishtirokchilarning soʻnggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng tez rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biri boʻlgan mobil aloqa sohasidagi bilimlarini sinab koʻrish uchun oʻtkaziladi.
  • Cloud (saqlash and virtualizatsiya texnologiyalari) – nominatsiya ishtirokchilarning bulutli hisoblash, bulutli xizmatlar, katta maʼlumotlar va omborlar sohasidagi bilimlarini sinab koʻrishuchun oʻtkaziladi.
  • APP (mobil ilovalarni ishlab chiqish) – nominatsiya mobil ilovalar dasturchilarining ijodkorlikka va oʻz professionalligini oshirishga intilishlarini ragʻbatlantirish uchun oʻtkaziladi.
  • HCIE (Huaweining eng yuqori darajadagi texnik sertifikati) – 2020-yilda HCIE sertifikatlashdan oʻtadigan IT mutaxassislari uchun oʻtkaziladi.
  • IP (IP tarmoqlari texnologiyalari va protokollari) – nominatsiya ishtirokchilarning bugungi kunda har qanday axborot turini uzatish uchun asos hisoblanadigan IP texnologiyalari va IP tarmoqlaridagi oʻzaro bogʻliq protokollar sohasidagi bilimlarini sinab koʻrishva rivojlantirish uchun oʻtkaziladi.
  • AI (Sunʼiy intellekt modellari va usullari) – nominatsiya ishtirokchilarning soʻnggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doirasida keskin rivojlanishi kuzatilayotgan sunʼiy intellekt bilan bogʻliq texnologiyalar va yechimlar sohasidagi bilimlarini sinab koʻrishuchun oʻtkaziladi.
  • Code (Sportga oid dasturlash) – nominatsiya ishtirokchilarning algoritmlar, maʼlumotlar tuzilmalari boʻyicha bilimlarini va ulardan amaliy masalalarni hal qilishda foydalanish koʻnikmalarini baholash uchun oʻtkaziladi.
  • Maxsus ICT Observer (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sharhlovchi) nominatsiyasi doirasida ishtirokchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishi borasidagi oʻzlarining qarashlari bilan matn va video formatlarida oʻrtoqlashish taklif etiladi.

Tanlov topshiriqlariga qoʻshimcha ravishda, “Honor Cup 2020” ning barcha ishtirokchilari AKTʼning eng koʻp talabga ega yoʻnalishlari – mobil aloqa texnologiyalari, serverlar va maʼlumotlarni saqlash uchun bulutli yechimlar, IP texnologiyalari va IP tarmoqlaridagi oʻzaro bogʻliq protokollar, sunʼiy intellekt metodlari kabi yoʻnalishlar boʻyicha Huawei mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladigan oʻquv video-maʼruzalari taqdim etiladigan bepul onlayn-maktabga kirish imkoniyati beriladi. Vebinarlar Huawei kompaniyasi bugungi kunda ish olib borayotgan yangi keyslar va amaliy texnologiyalar borasida talabalar va bitiruvchilarning bilimlaridagi boʻshliqlarni toʻldirish uchun moʻljallangan va ular ishtirokchilarga tanlovga tayyorgarlik koʻrishda yordam beradi.

Musobaqaning final bosqichi 4-dekabr kuni Moskvada boʻlib oʻtadi. Finalchilarga Huawei kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilda Honor Cupʼning saralash bosqichlarida Yevrosiyo mamlakatlarining turli burchaklaridan kelgan 15000 dan ortiq talabalar va yosh diplomli mutaxassislar ishtirok etishdi. 80 dan ortiq ishtirokchilar barcha saralash vazifalarini muvaffaqiyatli bajara olishdi va Moskvada boʻlib oʻtgan “Honor Cup 2019” finalida hal qiluvchi sinov uchun uchrashishdi.

Koʻrik-tanlov xalqaro darajada boʻlib oʻtishini inobatga olgan holda, ishtirokchilar rus tilini yaxshi bilishlari shart. Tanlovning oʻtkazilish qoidalari haqidagi batafsil maʼlumotlar bilan Huawei Uzbekistan telegram kanalida tanishib chiqish va ishtirok etish uchun honorcup.ru rasmiy saytida ariza berish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq