Coursera xalqaro platformasida bepul onlayn kurslar
07.08.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IT Park hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda aksiya tashkil qildilar. Aksiyada barcha xohlovchilar, ayniqsa ishsiz qolganlar 2020-yilning 14-iyulidan 31-dekabriga qadar barcha kurslarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Coursera – bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida va kompaniyalarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.

Ushbu portalda 64 mln.dan ziyoda foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, 4 500 dan ortiq kurslar, 450 mutaxassislik, 20 ta daraja mavjud.

Bugungi kunga qadar 5100 ariza qabul qilindi va 140 foydalanuvchi oʻz sertifikatiga ega boʻlib ulgurdi.

https://clck.ru/PeZoK (UZ) https://clck.ru/PeZmh (RU) havolalari orqali ariza qoldirgan holda 30-sentyabrga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Instruksiya:

Roʻyxatdan oʻtish jarayonidan soʻng, siz 3 kun ichida arizada qoldirilgan emailingiz orqali taklifnoma havolasiga ega boʻlasiz. Har bir roʻyxatdan oʻtuvchi 31-dekabrga qadar ushbu portaldagi istalgan kursda bepul oʻqishi mumkin boʻladi. 2020-yilda aksiya muddati oʻz yakuniga yetadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq