Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari muhtojlarga yordam beruvchi «Birdamlik» nomli platforma ochishdi
06.08.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Birdamlik» loyihasi Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, Covid -19 Challenge 2020 tanlovida beshta g’oliblardan biri sanaladi.

«Kompyuter va dasturiy injiniring» fakulteti 4-kurs talabalari — Bexzodxon Maxkamov, Azizbek Kobilov, Shoxsanam Shirinkulova, Feruza Latipova, Maftuna Ziyamova, Akbarshox Muxammatjanov — yordamga muhtoj fuqarolarni ko’ngillilar bilan bog’lash uchun platforma ishlab chiqdilar. Loyiha birdamlik.uz veb-saytida joylashtirilgan.

Loyiha quyidagilarni o’z ichiga oladi:

— ko’ngillilar tashkilotiga a’zo bo’lish;
— o’zining ko’ngillilar guruhini yaratish;
— ko’ngillilar guruhini muvofiqlashtirish;
— ko’ngillilarning yordamiga muhtojlar va tadbirlar haqida ma’lumot olish;

Havolaga o’ting va qo’shiling: https://birdamlik.uz

Covid-19 tarqalayotgan va majburiy o’zini o’zi izolyatsiya qilish rejimi bilan bog’liq bo’lgan hozirgi sharoitda ko’ngillilarning yordami har qachongidan ham ko’proq zarur.

Loyiha juda oson ishlaydi: hozirgi vaqtda platformadan foydalanib, ularga ariza va taklifnomalarni yuborish orqali siz ko’ngillilarni muvofiqlashtira olasiz. Shuningdek, ko’ngillilar o’zlarining ko’ngillilar guruhini tuzishlari va u yerga boshqa odamlarni ham jalb qilishlari mumkin.

Arizalar murojatchilar tomonidan ikki xil usul bilan topshirilishi mumkin, birinchi usul — bu muhtojlarga mo’ljallangan tezkor ariza (ro’yxatdan o’tmasdan), ikkinchi usul — ko’ngillilar bilan ishlaydigan tashkilotlar uchun mo’ljallangan ro’yxatdan o’tish.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq