Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) Oʻzbekistonda
04.08.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

IT Park, The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekistonda Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) tanlovining milliy bosqichiga qabul eʼlon qilmoqda.

Entrepreneurship World Cup 2020 (Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati) arizalar qabuli uchun ochildi. 2019-yilda ushbu tanlovda dunyoning 187 mamlakatidan 102 mingdan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdilar. Joriy yilda EWC yanada yirik koʻrinish oladi. Tanlov formati har qanday rivojlanish bosqichidagi startaplarni gʻoyaviy palladan boshlab faol oʻsish pallasiga qadar qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Tanlov ishtirokchilariga oʻz loyihalarini xalqaro darajada namoyish qilish imkoniyati beriladi. Eng yaxshi ishtirokchilarni 1 million AQSH dollari pul ekvivalenti miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi, shuningdek hamkorlardan 70 million AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bonus va maxsus takliflar kutib turibdi.

EWC tanlovi – bu sovrinlar uchun kurashish va yetakchi ekspertlardan bilim olish, ishchi aloqalari doirasini kengaytirish, investitsiya jalb qilish va xalqaro bozorga kirish uchun ajoyib imkoniyat.

COVID-19 global pandemiyasi atrofida yuz berayotgan vaziyat tufayli tanlov sirtqi koʻrinishda maxsus ishlab chiqilgan EWC platformasida oʻtkaziladi. Bu faqat roʻyxatdan oʻtish va marosim oʻtkazish uchun portal emas. Platforma virtual treninglar, taʼlim materiallari va ekspert tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, har bir roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchi professional hamkor servislarning (Google Cloud, Amazon Web Services, Hubspot, Stripe va boshqalar) jami 25 ming dollarni tashkil qiluvchi onlayn obunalariga ega boʻladi.

Tanlov bosqichlari:

— Startap loyihalar 9-avgustga qadar Entrepreneurship World Cup (EWC) platformasida roʻyxatdan oʻtadilar;
— Tanlovning milliy bosqichi 2020-yilning sentyabr oyida onlayn koʻrinishda boʻlib oʻtadi.

Respublika bosqichi gʻoliblari oʻz loyihalari taqdimotlarini 2020-yilning 18–20-oktyabr kunlari xalqaro finalda namoyish qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tanlov haqida batafsil:
https://entrepreneurshipworldcup.com/

Barcha savollar boʻyicha: +998991109148 (Madina).

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq